Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi deputati Obidjon Latipov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Sardobadagi fojianing yuzaga kelişiga sababçi bölgan omillar, tizimli muammolar va mazkur fojiadan çiqariladigan xulosalar haqida söz yuritdi.

– Obidjon aka, Sardoba fojiasi keça yoki bugun paydo bölgan muammolarimizning mahsuli emas. Bu yillar davomida şakllanib kelgan tizimli muammolarimiz mahsuli. Deylik, korrupsiya, tenderlardagi “taniş-bilişçilik” yoki qurilişning sifatli amalga oşirilmasligi. Afsuski, Sardoba suv ombori halokatidan keyin bu masala yana kun tartibiga çiqib turibdi. Demak, yana “öyinlar” davom etgan. Şunday emasmi?

– Sardoba fojiasi juda köp, şu paytgaça bölib kelgan kasallik, illatlarning belgisi, tibbiyot tili bilan aytganda, isitmasi, deyişimiz mumkin. U kasallik qançalik çuqur ildiz otganligini yaqqol isbotlab, körsatib bergan belgi sifatida namoyon böldi. Göyoki, taşqaridan ma'lumot sifatida qaraydigan bölsak, bu birgina hodisa.

Aslini olganda, kengroq yondaşadigan bölsak, kuzatişni yaqin va undan oldingi kunlarimizga suradigan bölsak, xuddi şunaqa fojialar avval ham bölganligini, metro qurilişi bilan boğliq voqeani misol qilib keltirişimiz mumkin. Yunusobod yönalişi metrosi qurilişidagi hodisaga ham yomğir sabab deb körsatildi. Insonlar halok bölganini kördik. Vodiyda poyezdlarning qulab tuşişi bilan boğliq holatlar böldi va şunga öxşaş voqealar, namunaviy uylar bilan boğliq sifatsiz qurilişlar natijasida kelib çiqqan muammoli vaziyatlarni kördik. Bu ikkita narsaga jiddiy e'tibor qaratişimiz kerakligini körsatib berdi, deb aytolaman.

Birinçisi, davlat xaridlari yoki davlat buyurtmalari bilan boğliq jarayonlarning şaffofligi. Davlat budjeti tomonidan moliyalaştiriladigan xarajatlar, harakatlar, taşkil etilgan çora-tadbirlarning şaffofligi, ya'ni budjetning çiqim qismi qançalik şaffof, degan masalani kun tartibiga yaqqol olib kelib qöydi.

Hozir biz juda köp muhokama qilyapmiz. Lekin muhokama qilişga arzirli ma'lumotning özi yöq. Suv ombori kiçkinagina obekt emas. Bu yöl qurilişi yoki köprik qurilişi emasligini tan olaylik. Strategik obekt nuqtai nazaridan u bilan boğliq xarajatlar va uning tarkibi allaqaçon ommaga yetkazilgan bölişi kerak, allaqaçon mavjud bölişi kerak.