Sunday Times Rich List 2020 reytingiga köra, “Formula-1” poygalarining 6 karra çempionining boyligi 224 mln funt sterlingga (250 mln yevro) baholanmoqda.
Bu qiymat reyting olib borilayotgan 32 yil davomidagi rekord summa hisoblanadi.
Avvalgi rekord natija “Mançester Yunayted” va “Real” klublarining sobiq yulduzi Devid Bekhemga tegişli bölgan. Uning 2013 yilda sportdan ketayotgan vaqtdagi boyligi 200 mln funt sterlingga (225 mln yevro) baholangan.
35 yoşli Hemilton bir yil içida 37 mln funt sterlingga boyigan.
Asosan media sohasidagi şaxslar köpçilikni taşkil qilgan uşbu reytingga Hemiltondan taşqari yana bir sportçigina kirgan. Bu şimoliy irlandiyalik golfçi Rori Makilroy bölib, uning boyligi 170 mln funt sterlingga baholangan.
The Times naşri ma'lumotlariga köra, “Mersedes” jamoasi uçun iştirok etuvçi Hemiltonning maoşi bonuslar bilan birga yiliga 40 mln funt sterlingni taşkil qiladi. Poygaçining şartnomasi 2020 yil oxirida öz nihoyasiga yetadi va amaldagi çempion öz faoliyatini davom ettirişi-yöqligi ayni vaqtda noma'lumligiça qolmoqda.

















