Mars Wrigley, Mondelez Turkey, Ferrero, Unilever va Danone korxonalari Havas diskaunterlar tarmoği bilan hamkorlikda Covid-19 pandemiyasining Özbekistonga ilk zarbasini qabul qilgan Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti xodimlariga minnatdorçilik bildirdi.

Minnatdorçilik tariqasida, hozirgi murakkab şaroitda tinimsiz mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga va ularni sabr-toqat bilan uyda kutayotgan oila a'zolariga sovğalar taqdim etildi.

«Yurtimiz şifokorlari – haqiqiy qahramonlardir. Hurmatli tibbiyot xodimlari öz hayoti va soğliğini garovga qöyib, xalqimiz soğligi yölida tun-u kun qilayotgan mehnati har birimiz uçun yuksak jasorat, öz kasbiga sadoqat va insonparvarlik namunasi bölmoqda. Ular borki, soğliğimiz, hayotimiz işonçli qöllarda ekaniga işonçimiz komil.

Bundan taşqari, pandemiyani töxtatiş borasida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan amalga oşirilgan çora-tadbirlar yuqori samaradorlikka egaligini ham alohida aytib ötiş lozim. Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlari yuqori malakaga egaligi, tajribasi tufayligina pandemiyaning keng tarqalişiga yöl qöyilmadi, mazkur vaziyat esa töliq nazorat ostida saqlanib qolindi.

Hurmatli şifokorlar, kasbingizga sadoqatingiz, jasoratingiz va fidokorligingiz uçun sizga katta rahmat. Siz yurtimizni har qanday kasalliklardan saqlay oladigan işonçli qalqonimizsiz. Muborak Ramazon oyi sizga soğlik, ezgu işlaringizni davom ettiriş uçun kuç-quvvat, oilangizga fayz-u baraka, baxt-şodlik olib kelsin. Barça öylagan ezgu niyatlaringiz amalga oşsin, ibodatlaringiz esa qabul bölsin», – deyiladi qöşma xayriya loyihasi taşkilotçilarining minnatdorçilik nomasida.