Olimlar uşbu kasallikning boş sababi sifatida oğiz böşliğida Streptococcus mutans bakteriyalarining köpayişi, deb hisoblaşmoqda, deb yozadi Medportal.

Kariyesga qarşi vaksina prototipi tadqiqotlarida olimlar tişlarning zararlanişiga sabab böluvçi mikloflorani yöq qilişning uddasidan çiqişdi. Xitoy fanlar akademiyasi tarkibidagi Uhan (Wuhan) virusologiya instituti işçi guruh hisoboti Scientific Reports jurnalida çop etildi.

Manbaning qayd etişiça, hanuzgaça kariyesning hosil bölişi borasida jöyali bir javob yöq. Biroq kasallikning paydo bölişiga boş sabab sifatida oğiz böşliğidagi sut kislotasi işlab çiqaruvçi, tişda toş paydo bölişiga sabab böluvçi, tiş emalini yemiruvçi va tişda karioz böşliq hosil qiluvçi Streptococcus mutans bakteriyalari hisoblanib kelinmoqda.

Xitoyliklar kalamuşlar ustida tajriba ötkazib, KF-rPAc gibrid oqsilining samaradorligi amalda «tasdiqlangani»ni ta'kidlaşmoqda. Bu holda karioz bakteriyalar immunitetning intensiv hujumiga duçor böladi va ularning soni keskin kamayadi.

Yaqin orada tadqiqotçilar köngillilar orasida klinik tadqiqotlar olib borişni rejalaştirişmoqda.