“Yuksaliş” umummilliy harakati ma'lumotlariga köra, texnogen ofat oqibatida aholining jami 10,860ta hujjati yöqotilgan bölib, ularning 3970tasi fuqarolik pasporti va 2840tasi tuğilganlik haqida guvohnomalardir. Bugungi kunga qadar, jami 834 nafar fuqaroning biometrik pasportlari, 574ta tuğilganlik va 4ta ölim haqidagi, 220ta nikoh guvohnomalari tiklangan.
Ma'lum qilinişiça, talafot körgan 13,383ta aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining banklardan kredit qarzdorliklari qaytarilişi hamda muddatlarining uzaytirilişi qayta körib çiqiladi. Ularga taalluqli jami 655 mlrd söm miqdoridagi kreditning 186,2 mlrd sömini qaytariş muddati 6 oygaça uzaytirildi.
Zarar körgan hududdagi 5549 nafar pensionerning 3,9 mlrd söm miqdoridagi pensiya mablağlari naqd pul şaklida töliq yetkazib berilişi ta'minlandi.
Toşqin natijasida 549 gektar aholi tomorqa ekin maydonlari zararlangan. Ekiş imkoniyati mavjud maydonlarga 1 mln dona sabzavot köçatlarini ekiş işlari boşlangan bölib, hozirga qadar 80 gektar tomorqa maydonlari ekildi.
Şuningdek, toşqin natijasida uy hayvonlariga yetkazilgan zarar hajmi ham aniqlangan. Unga köra, 31,719ta uy hayvonlari yöqolgan bölib, ularning 13,685tasi yirik va mayda şoxli qoramol, otlar, 17,752tasi parranda va 282tasi boşqa hayvonlardir. Tirik holda topilgan 5160ta yirik va mayda şoxli qoramol, otlarning 5143tasi öz egalariga qaytarilgan, egasi aniqlanmagan 17ta jonivor saqlovga olingan.



















