Belarus taşqi işlar vaziri Vladimir Makey respublikaga AQŞdan neft yetkazib beriş boşlanganini ma'lum qildi.

"AQŞdan Belarusga neft yetkazib beriş boşlanganini mamnuniyat bilan tasdiqlayman. Bu 2020 yil 1 fevralda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeoning Belarus Respublikasiga taşrifi va Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuvi natijasidir", - deyiladi Makeyning bayonotida.

Makey şuningdek, Belarus ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş böyiça Amerika tomoni bilan iş olib borayotganini ma'lum qildi.

"Belneftexim" konserni matbuot kotibi Aleksandr Tişçenkoning aytişiça, neft ortilgan birinçi tanker AQŞdan Klaypeda (Litva) portiga iyun boşida yetib keladi.

Uning aniqlik kiritişiça, siğimi 80 ming tonna bölgan tankerga Bakken navli neft ortilgan.

Tanker Klaypeda portiga yetib kelganidan keyin neft temir yöl orqali Novopolotskdagi "Naftan"neftni qayta işlaş zavodiga keltiriladi.

AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuvida Qöşma Ştatlar Belarus mustaqilligini qöllab-quvvatlaşini va energiya resurslari borasida hamkorlik qilişga tayyorligini aytgandi.

"AQŞ Belarusga öz suveren davlatini taşkil qilişiga yordam bermoqçi. Energiya resurslari işlab çiqaruvçilarimiz sizlarni zarur neft bilan raqobat narxlarida yuz foizga ta'minlaşga tayyor. Bizni çaqirsangiz bas!" – degandi Pompeo.