AQSh qurolli kuchlariga qarashli beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyoti Florida shtatida halokatga uchradi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, samolyot mashg‘ulot vaqtida qulab tushgan.

Uchuvchi katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurgan, u "Eglin" harbiy bazasidagi hospitalga yotqizilgan.

Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Qayd etilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 183 dona F-22 samolyoti mavjud. Bir dona samolyot narxi 143 mln dollarga teng.