Tadbirda moliya vazirining örinbosari Yorqin Tursunov Sardobada uylar qurilişi işlari qaysi manbalar hisobidan amalga oşirilişi haqida gapirdi.
“Fuqarolar, bloger, jurnalistlarimizda [uylar qurilişiga] viloyatlar jalb qilingan, bu homiylik hisobidan böladimi, degan savol bölmasligi kerak. Bu maqsad uçun respublika budjetidan Mahalla xayriya jamğarmasiga 70 mlrd söm ajratdik. 14ta hududga 5 mlrd sömdan mablağ çiqarib berildi. Mahalla xayriya jamğarmasida yiğilgan boşqa homiylik mablağlari ham şunga yönaltiriladi.
Aytmoqçimanki, hududlarga ortiqça yuk bölib, bunga pul tuşiringlar, yiğiş degan masalalar töğrisida gap bölişi mumkin emas. Çunki buni muhtaram prezidentimiz alohida ta'kidladilar: “Sizlar işni bajarib berasizlar, davlat pulini tölab beradi”.
Bu jarayonda hali qança mablağ ketişi aniq emas. Uylarga qançalik zarar yetganlik darajasini mutaxassislar örganişyapti. Aniq bölganidan keyin mablağ doirasida bu işlar töliq amalga oşirib beriladi”, - dedi Yorqin Tursunov.


















