Bugun, 16 may kuni, Sirdaryoda Xalqaro press klub sessiyasi bölib ötmoqda. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boşqarma boşliği Komiljon Saidjonov Sardoba texnogen falokati oqibatida halok bölgan fuqarolar sonini ma'lum qildi.

Unga köra, «Sardoba» suv omboridagi falokat oqibatida jami 6 nafar fuqaro halok bölgan (2 nafar ayol, 4 nafar erkak). Bir nafar fuqaro bedarak yöqolgan.

Ma'lumot uçun, 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toşib çiqqandi. Texnogen halokat oqibatida viloyatning Mirzobod, Oqoltin va Sardoba tumanlari hududlari jiddiy zarar körgan va aholi öşa kunning özida xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingandi.