Unga köra, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi jami 34ta ijtimoiy soha obekti qisman va töliq darajada zarar körgan.
9ta maktabgaça ta'lim taşkiloti, 14ta maktab, 1ta kasb-hunar kolleji binosi, 4ta soğliqni saqlaş muassasasi mukammal ta'mirlanadi. Şuningdek, 2ta maktab va 3ta tibbiyot muassasasini rekonstruksiya qiliş közda tutilgan.
Zarar körgan hududda yangi 1ta maktabgaça ta'lim taşkiloti, 1ta maktab, 1ta tibbiyot muassasasi qurilişi rejalaştirilgan.
Talafot körgan joylarda jami 7ta qabriston va 3ta masjidga zarar yetgan bölib, ularning hududini suvdan tozalaş, sanitariya va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Şuningdek, profilaktika inspektorlarining 6ta xizmat uylariga talafot yetgan bölib, ular Içki işlar vazirligining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan ta'mirlanadi.
Ma'lum qilinişiça, texnogen ofat oqibatida 282ta tadbirkorlik sub'yekti (53ta yuridik va 90ta yakka tartibdagi tadbirkorlar)ning 143ta mulki zarar körgan. Tadbirkorlik sub'yektlarining töliq röyxatini şakllantiriş, zarar yetgan mulklarning suğurtalanganligini aniqlaş, mustaqil taşkilotlar tomonidan zarar yetgan obektlarni baholaş işlari olib borilmoqda.
Hozirgaça amalga oşirilgan harakatlarga köra, suv bosgan 25ta aholi punktining 13tasi suvdan, 20tasining hududi çiqindilardan tozalangan. 4 586ta uy çiqindilardan tozalanib, suvdan tozalangan xonadonlarda dezinfeksiya işlari amalga oşirilmoqda.


















