Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq sakkizta holat qayd etildi
Bir sutka avval mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq to‘rtta yangi holat va 11 nafar simptomsiz bemor aniqlangani xabar qilingandi.
Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq sakkizta holat va 13ta simptomsiz bemorlar qayd etildi. Bu haqda XXR davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma'lum qildi.
Sakkizta holatdan oltitasi xorijdan kelganlarda, ikkitasi Tszilin provinsiyasida yashovchi fuqarolarda kuzatilgan.
Mamlakat ichida 12 nafar va xorijdan kelgan bir nafar simptomsiz bemor aniqlangan. Qayd etilishicha, 561 nafar simptomsiz bemor shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi.
Bir sutka avval mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq to‘rtta yangi holat va 11 nafar simptomsiz bemor aniqlangani xabar qilingandi.
Mamlakat shifoxonalarida 89 kishi davolanmoqda, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir deb baholangan.
Xitoyda dekabrdan buyon koronavirusga chalinganlar soni 82,9 mingga yetgan, 4,6 ming kishi vafot etgan va 78 mingdan ortiq kishi sog‘ayib, uyiga javob berilgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026