«Devid Bekhem çap oyoqda öynay olmaydi, boş bilan öynay olmaydi, himoyalana olmaydi, kam gol uradi. Lekin qolgan jihatlari joyida» – buyuk Jorj Best birgina ta'rif bilan nafaqat Bekhemning kamçiliklarini sanagan, balki, uni öziga xos futbolçiga aylantirgan sifatini ham keltirib bergan. Uning töp uzatişi barça kamçiliklarining örnini bosib ketardi.

1994/95 yilgi mavsumda Devid atigi 19 yoşda edi, «Mançester Yunayted»ning öng qanotida esa Andrey Kançelskisning oldiga heç kim tuşa olmasdi. Bekhemning iqtidori barçaga ma'lum, ammo maydonga unga hali joy yöq edi. Öşanda Fergyuson uni ijaraga jönatib yubordi. Tanlangan klub ham ajoyib – törtinçi ligada töp suradigan «Preston Nort End». Yaqindagina «MYu» asosiy tarkibida özini körsata boşlagan David haqida esa gazetalar ham yoza boşlagandi hatto.
«Tanişing, Devid Bekhem, bundan keyin barça jarima va burçak zarbalarini u ijro qiladi», – dedi «Preston» boş murabbiyi Gari Piters.
Tabiiyki, bu hammaga yoqmadi. Şunday qilib, 19 yoşidayoq Devid faoliyatida bosimga duç keldi.
Bir neça kun ötib, jamoa safar öyiniga avtobusda ketayotgandi. Devid himoyaçi Raymond Şarp bilan yonma-yon ötirib, gazeta öqirdi. Maqola Bekhemning özi haqida bölib, uning «Mançester Yunayted» safidagi ilk goli, undan keyingi hissiyotlar yoritilgandi. Şunda Raymond gazetani Devidning qölidan tortib oldi va baland ovoz çiqarib, öqiy boşladi:
«Men Erik Kantonaning oğuşiga özimni otdim. Eh, qanday ajoyib, unutilmas hissiyot...»
Butun avtobus kulib yubordi.
«Men heç qaçon biror odamning bu darajada qizarib ketganini körmagandim», – deb eslaydi «Preston»ning boşqa bir futbolçisi.
Öyin boşlandi, Devid zaxirada qoldi. Ikkinçi bölimda bir neça daqiqa öynaş uçun maydonga tuşirildi va jamoa burçak zarbasini tepiş huquqini qölga kiritdi. Aytilganidek, David töp oldiga bordi. U töğridan töğri zarba bilan töpni darvoza töriga joylab qöydi.
Keyingi öyinda Bekhem jarima zarbasini golga aylantirdi. U kelgunça va ketgandan keyin «Preston»da standart zarbalarni ijro etgan Pol Raynorning aytişiça, Davidning maşğulotlarda özini tutişi boşqalardan ajralib turardi.






















