«Milliy bank» va «VEB.RF» hamkorligi doirasida beshta zamonaviy elektrovozlar O‘zbekistonga keltirilmoqda
«Milliy bank» AJ Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta zamonaviy magistral yuk elektrovozlarini O‘zbekistonga keltirish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishni boshladi.
«O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» AJ (keyinchalik «Milliy bank») Rossiyaning «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi bilan birga 14,3 mln. yevro qiymatdagi kredit liniyasini ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu mablag‘ «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga tegishli elektrovozlar parkini kengaytirish uchun Rossiya Federatsiyasining OOO «Novocherkasskiy elektrovozostroitelnyy zavod» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan beshta zamonaviy magistral yuk elektrovozlarini yetkazib berishga yo‘naltiriladi.
23-24 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi konferensiyasi doirasida «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi I.I. Shuvalov bilan muzokaralar o‘tkazilgan va bu jarayonda Rossiya tarafi kelajakda ham joriy loyihalarni moliyalashtirishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
VEB.RF Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish bo‘yicha qator investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishda «Milliy bank»ning strategik hamkori hisoblanadi.
VEB.RF korporatsiyasi bilan kelishuvning afzalligi shundaki, bu korporatsiya foiz stavkalari Rossiya Federatsiyasi tomonidan subsidiyalanishi tizimi tufayli kredit resurslarini nisbatan arzon foiz stavkalarida jalb qilish imkonini beradi.
O‘zaro hamkorlik doirasida bugungi kunda umumiy qiymati 188 mln yevro bo‘lgan to‘rtta kredit kelishuvlari tuzilgan va gidroenergetika, teploenergetika va transport sohasidagi qator loyihalar moliyalashtirilmoqda.
«VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasiga 1922 yilda asos solingan va Rossiyaning umumiy aktivlari qiymati 51 mlrd AQSh dollariga teng eng yirik rivojlanish instituti hisolanadi. Korporatsiya mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion asosda modernizatsiyalanishida ko‘maklashadi.
O‘zmilliybank Matbuot xizmati
Mavzuga oid
21:51 / 27.10.2022
Ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar “Milliybank”. Samarqandda fuqaro yemagan somsaga pul to‘lamoqda
16:43 / 30.09.2021
Milliy bank 10 milliard rubllik obligatsiyalar joylashtiradi
10:24 / 23.08.2020
«Milliy bank»ka Fitch Ratings tomonidan «BB-» reytingi taqdim etildi
16:56 / 19.08.2020