«Aholini oziq-ovqat, gigiyenik vositalar va yotoq anjomlari bilan ta'minlaş böyiça ştab tuzilgan. 89 mingdan ziyod aholidan 66 mingi uy-joylariga qaytdi. 23 ming 400ga yaqini evakuatsiyada qolyapti.
1 mayda e'lon qilingan prezident farmoyişiga köra, uzluksiz oziq-ovqat bilan ta'minlaş masalasi prokuraturaga yuklatilgan. Viloyat markazida 8ta, tumanlarda 21ta ombor taşkil qilingan. Ularni nazorat qiliş uçun 131 nafar prokuratura, moliya, soliq xodimlari jalb qilingan. Talon-toroj bölişi oldini oliş uçun Milliy gvardiya tomonidan qöriqlanyapti, videokameralar örnatilgan. Kirayotgan va çiqayotgan mahsulotlarni tekşiriş uçun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlari mutaxassislari jalb qilingan.
Bugungi kunga qadar 46 tonnadan ortiq göşt va göşt mahsulotlari, 317 tonna un, 115 tonna makaron, 101 tonna şakar, 143 tonna ösimlik yoği, 315 tonna kartoşka, 400 tonnadan ortiq sabzavotlar kelgan. Ularning beriliş tartibi aniq belgilangan», deya Baxtiyor Ahmedovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ma'lum qilişiça, evakuatsiyadagi aholi ikki xil holatda yaşayapti:
1. Ijtimoiy obektlarga joylaştirilgan (3 ming 600dan ortiq);
2. Aholi xonadonlarida (19 ming 700 nafar).
«Ijtimoiy obektlarga biriktirilgan holda ularning talabi olinib, omborlardan kundalik vositalar yetkazib beriladi. Fuqarolar ehtiyojini örganiş uçun mahalla fuqarolar yiğinlari raislari biriktirilgan, ular talabnoma asosida tuman, şahar omborlaridan olyapti. Har xil tuşunmovçilik bölmasligi uçun röyxat bilan berilyapti.
Bugungi kunda mahsulot turlariga qarab, qariyb 1 oyga yetadigan oziq-ovqat zaxiramiz bor», deydi viloyat prokurori örinbosari.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, bugungi kunga qadar 40 tonnadan ortiq göşt va göşt mahsulotlari, 146 tonna un, 66 tonna makaron yetkazib berilgan. Mahsulotlar sanitariya qoidalariga amal qilgan holda saqlanyapti.


















