«Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boriça qöşimça qulaylik yaratiş böyiça belgilangan vazifani amalga oşiriş hamda köpçilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu öquv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi.

Maktablarga öquvçilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy öquv yilining 3 ta çorak baholari asosida çiqariş tavsiya etiladi. Şu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirişqoqlik bilan öqigan öquvçilarimizga rağbatlantiriş sifatida 4-çorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblaşda inobatga oliş tavsiya etiladi», deyiladi Xalq ta'limi vazirining Telegram kanalida e'lon qilingan xabarda.

Şerzod Şermatov, şuningdek, karantin vaqtida «onlayn-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barça ota-onalarga minnatdorçilik bildirgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barça ta'lim muassasalari yopilgan. Maktab öquvçilari uçun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda. Karantin vaqtida teledarslar ötayotgan öqituvçilar Toşkentdagi Prezident maktabiga joylaştirilgan.