Ijtimoiy tarmoqlarda “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli bölgan Çinobod neft bazasi tomonidan AI-80 markali benzin narxi 3000 söm qilib belgilanganiga oid ma'lumotlar tarqaldi. Ma'lum bölişiça, neftbaza uşbu markadagi benzinni 3000 sömdan faqat yuridik şaxslarga sotadi.

Kun.uz’ning işonçli manbalari “Çinobod neft bazasi” MÇJ tomonidan Buxoroda işlab çiqariladigan AI-80 markali benzinni birjadan arzonroq sotib olgan va uni özining transport, soliq, işçilarining oyligi kabi xarajatlarini hisobga olib 3000 söm qilib belgilagan.

Lekin jismoniy şaxslar benzinni bu narxda sotib olişa olmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan narx ulgurji narx bölib, faqatgina AYoQŞlar AI-80 markali benzinni uşbu narxda sotib olişi mumkin. AYoQŞlar ham öz navbatida transport, soliq, işçilarga tölanadigan maoş va boşqa xarajatlarni qöşib, benzinni 3500 sömdan 4000 sömgaça sotişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 1 may kunidan boşlab Ai-80 markali benzin va dizel yoqilğisi (şu jumladan EKO markali dizel yoqilğisi) çakana narxini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilingan.

Şuningdek, neftni qayta işlaş zavodlari tomonidan AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilğisi faqat birja savdolari orqali sotilişi belgilab qöyilgan.

3 maydan e'tiboran AI-80 markali benzin narxi 500 sömga arzonlaşib, 4000 sömdan sotuvga çiqarilgandi. Şuningdek, dizel yoqilğisining narxi ham arzonlaşgan.