Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda jazo o‘tayotgan 61 nafar o‘zbekistonlik ozodlikka chiqarildi
Turkmaniston Respublikasida 61 nafar yurtimiz fuqarolari amnistiya aktiga asosan ozod qilindi.
Foto: Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
Turkmaniston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda e'lon qilingan amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqarilib, yurtimizga qaytarildi.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollar bo‘lib, 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolardir.
Ular karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Respublika hududiga kiritilib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.
Ular orasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi - Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natildi.
Mavzuga oid
18:25 / 01.12.2025
Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi
20:26 / 24.11.2025
Turkmaniston g‘arbidagi ikkita suv ombori butunlay quridi
19:17 / 21.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi
17:31 / 18.11.2025