Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Andijonda viloyat va tumanlar hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari iştirokidagi yiğilişda Marhamatga taşrifi vaqtida hokim işdan olingani haqida ma'lum qilgan.

«Keça Marhamat tumanining hokimini işdan oldim. Qolgan sektorlar rahbarlari ham işdan ketadi.

Menga kun ötsa böldi deb yuradigan hokimlar kerak emas. Menga taklif beradigan hokimlar kerak, izlaniş qiladigan rahbarlar kerak», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yiğiliş davomida prezident rahbarlarning tajribasiga qarab emas, yoş bölsa-da işiga qarab baho berilişini ta'kidlagan.

Tuman rahbari işdan olinsa, törtta sektor rahbari işdan olinişini, viloyat hokimlari bilan ham şunday bölişini ma'lum qilgan.

2009-2017 yillarda viloyatning boşqa bir tumani Jalaquduqni boşqargan Şuhratbek Qamçiyev 2017 yil avgustida Xursandbek Sultonov örniga Marhamat tumani hokimi etib tayinlangandi.

Şuhratbek Qamçiyev

Eslatib ötamiz, 19 may kuni prezident iştirokida Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça ötkazilgan videoselektorda tadbirkorlar bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöygan ayrim tuman va şahar hokimlarini vazifasidan ozod qiliş böyiça körsatma berilgandi. Xususan, Böstonliq, Muborak, Yakkaboğ, Törtköl, Söx tumanlari va Ohangaron şahri qatorida Marhamat tumanida ham tadbirkorlar tomonidan e'tirozlar köpligi ma'lum bölgani aytilgandi. 

Şu kuni Qaşqadaryoning Muborak va Yakkaboğ tumanlarida hokimlar özgargandi.