Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlaridan ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat idoralarining axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlash va davlat boshqaruvida foydalaniladigan ma'lumotlarni shakllantirish imkonini beruvchi Davlat organlari ma'lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash axborot tizimini yaratish va 2021 yil 1 iyuldan boshlab joriy etiladi.

“Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimi yaratish va joriy etish loyihasi doirasida:

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi – tizimning buyurtmachisi etib;

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJ - axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, doimiy asosda uni uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda takomillashtirish bo‘yicha operatori etib belgilanadi.

Bunda, “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimi yaratish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Operator bilan birgalikda:

joriy yilning 1 sentyabriga qadar “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishini va vakolatli organlarga ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilishini;

2021 yil 1 iyuliga qadar “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020 yilda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga uning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘larni;