Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi
Xitoy koronavirus epidemiyasiga qarshi javob choralari ko‘rishdagi xatolarini tan oldi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoy parlamenti qonunchilik yig‘ini sessiyasi ochilishida hukumat ishi bo‘yicha hisobot bilan chiqishi vaqtida ma'lum qildi.
Ketsyanning aytishicha, koronavirus tarqalishi davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatni boshqarishda ko‘plab zaif bo‘g‘inlar yuzaga chiqqan.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, ba'zi sohalarda korrupsiya va qog‘ozbozlik keng tarqalgan muammolar bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, hukumat ishi ortiqcha rasmiyatchiliklar sababli qiyinlashgan. Uning aytishicha, bir qator amaldorlar yo o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaydi, yo ularni umuman bajarishga qodir emas.
Xitoy hukumati bu muammolarga sinchkovlik bilan e'tibor qaratib, aholining turli qatlamlari vakillari fikrlari va takliflarini hisobga oladi. “Biz o‘z ishimizni yaxshilashimiz, o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz va xalq ishonchiga muvofiq kelish uchun barcha ishni qilishimiz lozim”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Li Ketsyan.
Ayni vaqtda bir nechta davlatlar, jumladan, AQSh Xitoyni koronavirus epidemiyasiga tegishlicha javob bermaganlikda va shu sababli uning butun dunyoga tarqalishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab kelmoqda.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026