Özbekistonning birinçi xonimi suv toşqinidan jabr körgan aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularni Ramazon hayiti bilan qutlagan.
«Birinçi may kuni buni eşitib hammaning köngli vayron böldi. Kayfiyatlaringizni kötariş uçun, ozgina bölsa ham öz hissamizni qöşiş uçun keldik.
Sizlarning ğamingiz bizning ham dardimiz. Boşlaringga tuşgan bu qiyinçilik biz uçun ham bir sinov. Prezidentimiz keça-yu kunduz şu taşviş bilan band, qanday qilib şu odamlarni kelajakka işontirsam, oğirini yengil qilsam, avvalgi hayotiga qaytarsam deydi. Ramazon hayiti hammangizga muborak bölsin, hammangizga sabr, kuç-quvvat berişini Yaratgandan sörab qolaman», degan Ziroat Mirziyoyeva.
Birinçi xonim taşrif davomida suv toşqinidan keyin viloyat hududidagi boşqa xonadonlarga joylaştirilgan köp bolali oilalar bilan ham suhbat qurgan.
Taşrif çoğida «Zamin» fondi va Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi e'lon qilingan. Uşbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11ta zarar körgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilmoqda. Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklaş va ulkan quriliş işlari ketayotgan bir paytda aholining böş vaqtini mazmunli ötkazişlarini ta'minlaş maqsadida yoşi 60dan oşgan barça qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toşkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylaşgan sihatgohlar va dam oliş maskanlariga, 7dan 14 yoşgaça bölgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi.

















