– Bugungi kunda Özbekistonda koronavirusning yangi tölqini kuzatilmoqda. Yangi aniqlangan bemorlar kimlar va virus köpayişiga nimalar sabab bölmoqda? Hozirda vaziyat qanday?
– Haqiqatan ham butun dunyoda murakkab vaziyat keçmoqda. Ayni paytda dunyo böyiça 5 million 300dan ortiq yangi koronavirus holatlari aniqlandi. Kuniga 100 mingdan ortiq yangi koronavirusga çaliniş holatlari aniqlanyapti. Özbekistonda ham kuniga 30-40ta, ayrim holatlarda 60ta holat tasdiqlanmoqda. Özbekistonda koronavirus tarqalişining oldini oliş borasida juda köp çeklovlar kiritilgan edi. Şu sababli Özbekistonda boşqa davlatlar bilan taqqoslaganda virusga çaliniş holatlari kamroq böldi. Lekin biz sanitariya qoidalariga rioya etmasak, vaziyat murakkablaşib ketişi mumkin. Kasallik aniqlanganlar soni keskin köpayib ketişi ham mumkin.
Agar aholimiz karantin talablariga rioya qilmasa, biz vaziyatni qöldan çiqarib yuboramiz.
– Toşkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida koronavirus aholi orasidan aniqlanmoqda. Bunga nima sabab bölmoqda? Yuqiş zanjiri aniqlanganmi?
– Haqiqatan ham bugungi kunda aholi orasidan virusga çalinganlar aniqlanmoqda. Sanitariya-epidemiologiya markazi xodimlari tomonidan har bir holat örganilmoqda. Uning kelib çiqiş sababi, qayerdan kelib çiqayotgani aniqlanyapti. Odamdan odamga yuqiş holatlari aynan özaro muloqot sababli kelib çiqmoqda. Bir odam 50-100 nafar odamni zararlaşi mumkin. Har bir holat böyiça örganiş olib boryapmiz. Kasallangan bemorlarni şifoxonaga yotqizyapmiz. Özbekistonda har bir yangi bemor darhol şifoxonaga yotqiziladi. Bundan taşqari, u bilan muloqotda bölgan har bir odam karantinga olinadi.
– Virus dastlab çetdan kelgan fuqarolarda aniqlanayotgandi. Endi aholi orasidan aniqlanyapti. Bizda virus öçoği paydo böldimi?
– Birinçi holat 15 martda qayd etildi. Birinçi bemor bilan muloqotda bölgan insonlar ham kasallangan va ular örnatilgan tartibda şifoxonaga yotqizildi.
Nafaqat bugungi kunda, balki oldin ham aholi orasida kasallanganlar aniqlangan. Oldingi oylarda bizda çeklovlar qat'iy edi. Şu tufayli virus tarqalişi ehtimoli kamroq edi. Bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantiriş, inqirozga duç kelmaslik uçun çeklovlar kamaytirilyapti. Endi biz yanada mas'uliyat bilan yondaşişimiz kerak. Tegişli tartiblarni amalga oşiriş talab etiladi.














