Jamiyat | 09:57 / 25.05.2020
8037
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda musiqa o‘qituvchisi MTM mudirasidan pul talab qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 8 may kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi 41 yoshli N.A., (ayol) G‘allaorol tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U o‘z arizasida G‘allaorol tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasa mudirasi bo‘lib ishlab kelishini, karantin davrida xodimlarini shanbalik qilib ishlatganligi holati yuzasidan, qo‘l ostida musiqa fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlovchi 38 yoshli L.A. ustidan qilgan shikoyat arizasini qaytarib olishi evaziga 5.000.000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilganligi uchun L.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida N.A. 2020 yil 11 may kuni L.A.ning plastik karta hisob raqamiga 3.000.000 so‘m pullarni o‘tkazib berganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan N.A. 2020 yil 11 may kuni L.A.ning plastik kartasiga 3.000.000 so‘m pul o‘tkazilganligini tasdiqlovchi chek hujjatlashtirib olinib hamda ashyoviy dalil deb topilgan.

Qayd etilishicha, mudira N.A.ning xatti-harakatlari yuzasidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid