Olimlar bunday ulkan tezlikka yangi optik çip evaziga erişişgan. Çipning ölçami 5 mmga 9 mmni taşkil qiladi. Uning yordamida optik-tolali kabel içida mikrolazerlar solit kristallar bilan ta'sirlaşganda mikrotojlar hosil qiladi. Uşbu mikrotojlar har birini alohida kommunikatsiya kanali sifatida qöllaş mumkin bölgan 80 ta alohida infraqizil lazer örnini bosadi.
Olimlar yangi çipning tadqiqotini Avstraliyadagi Monaş, Suinbern va Melburn universitetlari binolari orasida tortilgan 76,6 km kabelda ötkazişgan. 4 Tgs ötkaziş qobiliyatiga ega tarmoq ma'lumotlarni 44,2 Tbit/soniya tezlik bilan uzata olgan.
Amaliyotda bunday tezlik qançalik kattaligini tasavvur qiliş murakkab. Bunday tezlikda ND formatdagi 1000 ta filmni bir soniyadan kamroq vaqt içida köçirib oliş mumkin. Vaholanki, 2019 yil dekabrda dunyoda simli internetning örtaça tezligi 70 Mbit/soniyani taşkil qilgan. Jumladan, bugunda foydalanuvçilar uçun internetga eng tezkor ulaniş 1 Gbit/soniyani taşkil qiladi. AQŞ energetika vazirligining maxsus ilmiy tarmoği Esnet tezligi 400 Gbit/soniyaga yetadi, biroq bu tarmoqdan NASA kabi taşkilotlargina foydalanadi.
Bunday katta tezlikka mavjud tarmoqlarda erişilgani uşbu texnologiyani ommaviy qöllaş mumkinligini körsatadi. Faqatgina yangi çiplarni tarmoq infratuzilmasiga kiritiş usulini topiş kerak böladi. Ammo bunga muayyan vaqt talab qilinişi mumkin.

















