Hayotning kinodan farqi. Zelenskiyning taxtdagi bir yili qanday ötdi?
|17:45 / 26.05.202033 33524 min
Bir yil oldin Vladimir Zelenskiy prezidentlik qasamyodini qabul qilib, Ukrainani boşqarişga kirişgan edi. Öşanda u misli körilmagan darajada xalqning işonçini qozongan va saylovning ikkinçi bosqiçida 73 foiz ovoz töplagandi. Xuddi filmlardagidek. Masalan, «Sluga naroda» filmidagi kabi... Bungaça faqat kinoda prezident rolini ijro etgan Zelenskiy hayotda prezidentlikni qanday uddalamoqda?
Foto: ReutersFoto: Reuters
Siyosat köçasidan ötmagan yangi prezidentdan uning «Keçki kvartal» komediya tomoşasida Ukrainaning yuqori mansabdorlarini masxara qiladigan rollarini sevib tomoşa qilgani kabi xalqning umidi juda yuqori edi.
Aksariyat ukrainaliklar Zelenskiyni televizor ekranlaridan çiqib kelganday – «Xalq xizmatçisi» serialining qahramoni, sodda va unçalik ham savodli bölmagan, tarix fani öqituvçisi, vijdonli Vasiliy Goloberodko deb qabul qildi. Serialda u tasodifan Ukraina prezidenti etib saylanadi hamda mamlakatni muvaffaqiyat bilan boşqarib, farovonlikka yetaklaydi.
Öşanda saylovoldi tarğibotlarida bu öxşaşlikdan yangi prezidentning jamoasi ustalik bilan foydalangan. Zelenskiy özining prezident bölganiga 100 kun bölgani munosabati bilan ötkazilgan matbuot anjumanida öz faoliyati haqida tayinli gap gapirmaydi. Balki barça gapni u bilan «Xalq xizmatçisi» serialida boş vazir rolini öynagan aktyor özidan intervyu olganda gapirib bergan edi.
Zelenskiy prezidentlik vakolatini qabul qilib olar ekan, u serialdagidan köra mutlaqo jiddiyroq bölgan muammolarga duç keldi.
Mamlakatda şiddat bilan tarqalayotgan koronavirus epidemiyasi tufayli Zelenskiy Ukrainaga omonat krediti beriş uçun şartlar qöygan Xalqaro valuta fondiga serialdagi prezident Goloborodko singari munosib javob bera olmaydi. Şuningdek, serialdagi xayoliy prezidentga Minsk muloqotlarini qayta boşlaş haqida boş oğritiş yoki öz partiyasining mahalliy saylovlardagi natijalaridan xavotirlaniş kabi taşvişlar begona edi. Şunga qaramay, bugungi kunda Zelenskiy Ukraina siyosatçilarining maşhurlik reytingida yetakçi bölib qolmoqda. U Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritib bir yil davomida nimalarga erişdi va mamlakatni qançalik özgartira oldi, quyida şu haqda batafsil.
Donbassdagi uruşni tugata olmadi, faqat asirlarni almaştirdi
Foto: Reuters
Garçi saylovoldi tarğiboti ketayotgan paytda «Öq otişni töxtatiş kerak» deb baland ovozda gapirgan bölsa ham Vladimir Zelenskiy Ukraina şarqidagi harbiy mojaroni töxtatişga muvaffaq böla olmadi.
Töğri, Donbassda bugun ayirmaçilarga qarşi keng kölamli harbiy amaliyotlar ötkazilmayapti. Ammo vaziyatga umumiy nazar solinsa front çiziği yaqinidagi hozirgi vaziyat, Minsk bitimlari imzolangandan keyingi beş yil davomida sodir bölgan vaziyatdan unçalik farq qilmaydi. Qisqasi, Zelenskiy Donbassdagi ayirmaçilar bilan özaro umumiy til topişa olmadi va hududda öq otiş hanuz töxtamadi.
Mavzuga oid
Ötgan bir yil davomida Zelenskiy va uning jamoasi a'zolari bir neça «agar Minsk kelişuvi işlamasa, özaro tinçlikka erişişning boşqa yöllarini qidiriş kerak» deb ham aytişdi.
Ammo bu masalada aniq muddat belgilanmagani hamda kelişuvga erişiş uçun heç qanday jöyali rejaning özi yöqligi barçasini boşi berk köçaga kirgizib qöyyapti. Qolaversa, Minsk kelişuvi amalga oşişi uçun qanday özgartirişlarga qöl uriş kerakligi söralganda, Ukraina prezidenti «u oxirigaça işlaydi», deb ham ayta olmaydi.
OAVga faqat prezident ma'muriyati rahbari hamda tinçlikka erişiş uçun mas'ul etib tayinlangan Andrey Yermak tomonidan tinçlik kelişuviga erişiş uçun muzokaraçilar tarkibini özgartiriş jarayoni ketayotgani haqida gapirilayotgan gaplardan boşqa narsa ma'lum emas. Ukraina hukumati tomonidan ilgari surilayotgan asosiy maqsad – hozir nazoratsiz qolayotgan hududlarda şu yilning oktabr oyida mahalliy saylovlarni ötkaziş. Ammo hozirça bu işni amalga oşiriş ilojsiz işday körinmoqda.
Boşqa tomondan, Zelenskiy, Kiyevda noqulay tarzda qabul qilingan «Ştaynmayyer formulasi» (Germaniya taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyer tomonidan ilgari surilgan Ukraina şarqidagi ayirmaçilar egallab turgan hududlarga alohida maqom beriş haqidagi kelişuv) töğrisidagi kelişuvdan kelib çiqqan holda, uzoq vaqtga çözilgan tanaffusdan söng «Normand formati»ni qayta tiklaşga muvaffaq böldi va Parij sammitida Vladimir Putin bilan şaxsan özi uçraşdi.
Foto: Ludovic Marin/Pool via REUTERS
Ukraina va Rossiya rahbarlarining muloqoti bir neça marta ayirmaçilar bilan mahbuslarni almaşişga imkon berdi, ammo Kiyev hamda Moskva örtasidagi munosabatlar keskinligiça qolmoqda.
Ikki mamlakat örtasidagi havo qatnovi hanuz tiklanmadi, diplomatik aloqalar ham muzlatilgan holida turibdi. Şuningdek, prezident bölganining bir yilligi arafasida Zelenskiy Poroşenkoning Rossiyaning «VKontakte» va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga qöyilgan taqiqni uzaytirdi.
Zelenskiy Tramp bilan bahslaşib qoldi va vaziyatdan silliq çiqib ketdi
Vladimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampga nisbatan impiçment qöllanişiga sababçi böldi va sal qolsa uning hokimiyatdan çetlaştirilişini ham xotirjam tomoşa qilişi mumkin edi.
Zelenskiy bu mojaro tufayli mamlakat amerikaliklar orasida yanada maşhurlaşganini aytib hazillaşdi / GETTY IMAGES
Guvohlarning sözlariga köra, ötgan yil iyul oyida har ikki prezident örtasidagi suhbat davomida Tramp Zelenskiyga pand berişga uringan. Öşanda Zelenskiy bilan uçraşgan Tramp Ukraina prezidentidan joriy yil noyabr oyida AQŞda ötkaziladigan saylovda öziga raqib bölişi kutilayotgan Jo Baydenning öğliga jinoiy iş oçişni söragan. Uning bu işi siyosat nuqtayi nazaridan va prezidentlik etikasi yuzasidan ham notöğri edi. Trampning öşa işi boşqa bir mustaqil davlat rahbariga bosim uyuştiriş deb baholandi va unga nisbatan impiçment e'lon qilinişiga sabab böldi.
Zelenskiy öşanda ikki öt orasida qolgandi: öşa kunlarda uning har bir sözi Amerika siyosatida raqobatlaşayotgan ikki jamoadan birining foydasiga işlab ketişi va Ukraina Moskva bilan qarama-qarşi turişida kerak böladigan AQŞning qöllab-quvvatlaşidan mahrum qilişi mumkin edi.
Oq uy Tramp bilan Zelenskiy örtasida bölib ötgan mojaroli suhbat ssenariysini e'lon qilgani Ukraina prezidenti uçun kutilmagan holat böldi: AQŞ tomoni bu işni rasmiy Kiyev bilan maslahatlaşmasdan amalga oşirdi.
Şunga qaramay, Zelenskiy suvdan quruq çiqib ketişga muvaffaq böldi va AQŞdagi ikki asosiy partiyalarning özaro bahsi ta'siri ostiga tuşib qolmadi. Endi u hatto «öşa noxuş hodisadan keyin har qanday amerikalik Ukrainani xaritadan osongina topib oladigan böldi» deb hazillaşmoqda.
Oliy Radani qayta tuzdi, «işçan rejim»ni yoqdi
Özining qasamyod qiliş marosimida Vladimir Zelenskiy 2014 yilda qayta saylangan Oliy Radani tarqatib yuborişini aytgan edi. Aslida esa Oliy Radani tarqatişga aytarli asos ham yöq edi, yana olti oydan söng şundoq ham parlament saylovlari bölib ötişi lozim edi. Ammo yangi saylangan prezident özining yuqori reytingini saqlab qoliş uçun hammasini yangilaşni boşladi va parlamentda ham öz tarafdorlarining kuçli tarkibiga ega bölişga şoşildi.
Ukrainada prezident sayloviga kam vaqt qolganda, şoşilinç tarzda yangi taşkil etilgan Zelenskiyning «Sluga naroda» partiyasi («Xalq xizmatkori») ötgan yilning iyul oyida ötkazilgan parlament saylovida ham juda ajoyib natija bilan ğalaba qozondi va Ukraina tarixida birinçi marta Oliy Radada mutlaq köpçilik örinni egalladi.
Saylovdan söng Radaga deputat sifatida juda köp yangi odamlar keldi. Ba'zi bir deputatlikka nomzodlar xuddi internetda sörovnoma töldirib kelib qolganday taassurot qoldirib Zelenskiyning partiyasiga osongina kelib qoldi va bir urinişda deputatlikka saylandi. Ularda mutlaqo tajriba yöqligi uçun parlament a'zolari Karpatdagi Truskavets kurortida özlari uçun taşkil etilgan «yoş deputatlar maktabi»da qonunçilik jarayonining öziga xos xususiyatlarini örganişdi va öşa yerda bir-biri bilan tanişişdi.
Ilk oylarda yangi Rada «işçan rejim»da işladi. Tizimli qonunlar juda katta hajmda, deyarli muhokama qilinmasdan qisqa muddatda yozildi va qabul qilindi. Ularda aniqlangan kamçiliklar keyinçalik yöl-yölakay muhokama qilinyapti va ularni joriy qiliş jarayonida töğrilanmoqda.
Ammo hozirga kelib «işçan rejim» töxtab qoldi / GETTY IMAGES
Keyin esa Rada bilan yaqindan işlaydigan prezident ma'muriyatining qudratli rahbari Andrey Bogdanning iste'fosi tufayli yoki prezident fraksiyalarining köp sonli guruhlari tomonidan tabaqalanişi ortişi tufayli «işçan rejim» ham töxtab qoldi.
Yangi parlament mamlakat uçun muhim qonunlar qabul qilişda davom etmoqda: joriy yilning bahorida Rada yer bozorini oçdi va banklar töğrisidagi «antikolomoyskiy qonuni»ni qabul qildi. Ammo ikki holatda, hatto prezidentning uşbu qonunlarni yoqlab ovoz berişi ham natija bermadi: muxolifat fraksiyalarning ovozisiz ularni qabul qilib bölmas ekan.
Heç kimni jazolamadi
Saylov oldidan butun mamlakat böylab «Bahor kelsa ekin ekamiz» degan saylov taxtalarini osib qöygan Zelenskiy öz tarafdorlarining umidlarini juda qiyinçilik bilan oqlaşga harakat qilmoqda.
Zelenskiy hokimiyatga kelganidan keyin, ötgan bir yil davomida mamlakatdagi barça huquq-tartibot idoralarini nazoratga oldi.
Aksariyati uning partiyasi a'zolari bölgan parlament kutilmaganda «deputat daxlsizligi»ni sezilarli darajada qisqartirdi.
Ötgan yil kuzida tergov byurosi Poroşenkoning familiyasi 13 işga tirkalgani haqida ma'lum qilgandi / UNIAN
Biroq, bu yetarli natijalarga olib kelmadi: parlamentning birorta deputati hamda Zelenskiydan oldingi rahbariyat paytida işlagan birorta yuqori lavozimli amaldor yangi hukumat davrida ayblanmadi va jazoga tortilmadi. Balki, bu bilan Zelenskiy öziga duşman orttirişni xohlamagandir, balki yumşoq köngillilik qilgandir.
Yuqori darajadagi korrupsiyaga qarşi kuraşning qoniqarsiz natijalariga qaramay, prezident iste'foga çiqarilgan yaqin hamkori, sobiq boş prokuror Ruslan Ryaboşapkaning (u Zelenskiy prezidentligi davrida, 2019 yil avgustidan 2020 yil martigaça lavozimda bölgan) iste'fosi haqida izoh bera oldi. Ma'lum bölişiça, uning iste'fosiga korrupsiya sabab bölmagan.
«Xalq xizmatkori» partiyasi yetakçilaridan biri David Araxamiya bergan izohga köra, sobiq boş prokuror Ruslan Ryaboşapka sobiq prezident Petro Poroşenkoga öz vaqtida şubha bildirmagani sababli öz lavozimidan mahrum bölgan.
Zelenskiyning Poroşenkoga bölgan munosabati avvaldan ma'lum edi. U buni saylovoldi jarayonlarda ham «Men sizning raqibingiz emasman, men sizga çiqarilgan hukmman» degan iborani bir neça bor gapiriş orqali bildirgan edi. Şundan söng Poroşenko familiyasi davlat tergov byurosi (GBR) tomonidan tergov qilinayotgan 13ta jinoiy işda darhol paydo böladi.
Endilikda davlat tergov byurosining sobiq rahbari Irina Venediktova boş prokuror lavozimida ötiribdi. Poroşenko Ukraina hukumati özini siyosiy ta'qib qilayotganini bildirmoqda. Zelenskiy esa öz videomurojaatlarida korrupsionerlarni qattiqroq jazolaş tarafdori ekanligini aytib kelmoqda. Şunçaki u huquq-tartibot idoralari işiga aralaşiş vakolatiga ega emas.
Iqtisodiyot ösişda davom etdi, ammo koronavirus natijalar pasayişiga sabab böldi
Saylovoldi tarğibotida Zelenskiyning eng asosiy tanqidlaridan biri – bu davlat rahbarida iqtisodiy holatlarga çora köriş vakolatlari töliq emasligi haqida edi. Öşa paytda uning raqiblari öz foydasini közlab Zelenskiyning yuqoridagi gaplarini ommaga teskari talqinda yetkaza boşladi. Ular debatlarda «Zelenskiy prezident bölsa mamlakat iqtisodiyoti parçalanib ketadi va milliy valuta grivnaning dollarga nisbatan qadri pasayadi» deya boşlaşdi. Zelenskiy prezident bölganidan söng uning raqiblari tomonidan vahima aralaş gapirilgan öşa başoratlar amalga oşmadi. Aksinça, Ukraina iqtisodiyoti asta-sekinlik bilan bölsa ham ösa boşladi. Mamlakat ham parçalanib ketmadi. Masalan, ötgan yil oxirida Ukraina iqtisodiyoti kiçik körsatkiç bilan bölsada ösiş sur'atlarini körsatdi – taxminan 3 foiz. Grivnaning dollarga nisbatan qadri ham ança mustahkamlandi.
Töğri, 2019 yil oxirida e'lon qilingan statistika ötgan yilda sanoatning ösiş sur'ati pasayganini qayd etdi va turli naşrlar iqtisodiyotning ayrim sohalarida iş haqini tölaş keçiktirilayotgani haqida xabar bera boşladi. Bu esa boş vazir Aleksey Gonçaruk boşçiligidagi mamlakat tarixidagi eng yoş hukumatni iste'foga çiqariş uçun yetarli sabab böldi.
Ukraina iqtisodiyotiga qöşimça oğir zarba koronavirus tomonidan yetkazildi. Mart oyida joriy etilgan karantin mamlakatdagi deyarli barça kiçik biznesni töxtatdi. Şuningdek, yuz minglab mehnat muhojirlari joriy qilingan karantin tufayli Yevropaning turli mamlakatlaridan öz vataniga qaytib kelişiga sabab böldi. Bu esa Ukraina uçun juda muhim bölgan, valuta kirimi pasayişiga va oqibatda şundoq ham körsatkiçlari pasayayotgan iqtisodiyotga salbiy ta'sir körsatdi.
Xorijdan qaytgan fuqarolarni mamlakatda uşlab qoliş uçun hukumat karantin bölişiga qaramasdan ularning aksariyatiga 6-8 ming grivna maoş bilan yangi iş örinlari taşkil etiş va'dasini bergani köpçilikning tanqidiga sabab böldi. Tanqidçilarning fikriça, hukumat şu yöl bilan yuqori malakaga ega bölgan kadrlarni Ukrainaning özida uşlab qolmoqçi bölgan. Hukumatning bu işini nafaqat mamlakatning özida, balki ğarblik hamkorlar ham jiddiy tanqid qilib çiqişdi.
Mart oxirida Zelenskiy ukrianalik mehnat migrantlarini vatanga qaytişga çaqirdi. Keyinçalik ular ketişi muammoga aylandi
Bugungi kunda Ukraina karantin çeklovlarini bosqiçma-bosqiç yengillata boşladi, ammo koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga yetkazgan zarari miqdori hozirça ma'lum emas. Inqirozga uçraş xavfi Ukrainani çetlab ötdi, ammo rasmiy Kiyev inqiroz xavfini faqat Xalqaro valuta jamğarmasi bilan yangi dastur orqali hamkorlik qilib bartaraf etişga muvaffaq böldi. Ukrainaga kredit ajratiş uçun mazkur fond mamlakat hukumatiga qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar savdosiga ruxsat beriş hamda banklar töğrisidagi «antikolomoyskiy qonuni»ni qabul qiliş şartlarini qöygan edi.
Eng qiziği, ötgan yil saylovoldi kampaniyasida bölajak prezidentni qöllab-quvvatlagan oligarx Igor Kolomoyskiy bilan Zelenskiyning özaro aloqalari yomonlaşgani böldi. Bir yil oldin Zelenskiyning muxoliflari bölajak prezidentni «Kolomoyskiyning qöğirçoği» deb ataşgan va saylovdan söng prezident darhol Poroşenko davrida Kolomoyskiydan davlat foydasiga tortib olingan «Privatbank» oligarxga qaytarib berilişini taxmin qilişgandi. Ammo muxoliflarning taxminlari özini oqlamadi va ikkisidan birini tanlaş lozim bölganda Zelenskiy özining sobiq televizion biznes hamkori Kolomoyskiyni emas, balki Xalqaro valuta jamğarmasi bilan hamkorlikni tanladi.
Şu bilan birga, may oyi oxirida Ukrainaga yetib kelişi kerak bölgan Ğarbning yordam pullari ham koronavirus inqirozi paytida rasmiy Kiyevning barça muammolarini hal qila olmaydi. Turli hisobotlarga köra, bu yil mamlakat YaIM hajmining pasayişi 3,5 foizdan 7,7 foizgaça böladi.
Jamoa aralaştirildi, Saakaşvili qaytdi
Kadrlar siyosati yangi davlat rahbarining kamçiliklaridan biri bölişi Zelenskiy prezidentlik qasamyodini qabul qilişidan oldin aniq edi. Bir tomondan, keçagi komediya jamoasida siyosiy tajribaga ega bölgan odamlar juda kam edi. Boşqa tomondan, Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgaç Ukraina siyosatida faoliyat körsatayotgan aksariyat kadrlarni almaştiriş töğrisida va'da bergan va u har qanaqasiga öşa va'dasidan söng «eski kadrlar» xizmatidan foydalana olmas edi. Şuning uçun hokimiyatdagi eng yuqori lavozimlarning bir qismini Zelenskiyning «Kvartal 95» komik studiyasi tarkibida bölgan hamkasblari egalladi.
Yangi prezident tuzgan jamoaning boşqa a'zolari tarkibi ham ança rang-barang köriniş oldi. Jamoa safida turli OAV vakillari, siyosiy va iqtisodiy qaraşlarni qöllab-quvvatlovçi, işbilarmon guruhlarga yaqin hamda turli darajadagi vakolatlarga ega bölgan şaxslardan taşkil topgan edi.
Ötgan yil aprelida Zelenskiy «Drimtim» suratini e'lon qilgandi.
Bugun bu jamoadan faqat Xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanov (öngda) qoldi VOLODYMYR ZELENSKY/FACEBOOK
Natijada, Zelenskiy hokimiyat tepasida bölgan bir yil davomida u öz administratsiyasi rahbari, Boş prokuror, Xavfsizlik Kengaşi kotibi, Boş vazir va aksariyat hukumat a'zolarini almaştirişga ulgurdi.
Joriy yilning boşidan buyon Ukrainada Soğliqni saqlaş vazirligining uç rahbari almaştirildi va atigi bir oy işlagan Ilya Yemetsning örniga hozirgi vazir Maksim Stepanov aynan koronavirus epidemiyasi avjiga çiqqan paytda vazir etib tayinlandi.
Zelenskiyning yana bir tuşunarsiz qarori – Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining Ukraina hukumatiga qaytarilişi böldi. Zelenskiy uni islohotlar vazirining örinbosari etib tayinladi. Davlat rahbarining bu işi hatto öz hammaslaklari tomonidan qöllab-quvvatlanmadi. Parlamentda yetakçi mavqega ega bölgan «Xalq xizmatçisi» partiyasi vakillari Saakaşvilini boş vazir örinbosari etib tayinlaş uçun yetarliça ovoz berişmadi. Natijada u faqat hali nima vazifalar bajarişi aniq bölmagan maslahat organi – Milliy islohotlar kengaşi ijro qömitasi rahbari etib tayinlandi, xolos.
Şu bilan birga, Zelenskiyda prezidentligining ikkinçi yilida deyarli har oy vazirlarni özgartira oliş imkoniyati bölmasligi mumkin. Parlamentdagi köpçilik mutlaqo barqaror emas va Denis Şmigalning amaldagi hukumatida bir qança böş örinlar saqlanib turibdi: parlamentda yangi vazirlarni tasdiqlaş uçun ovoz berilmaydi.
Koronavirus bilan yetarliça kuraşdi, karantin çeklovlarini bekor qilyapti
Koronavirus epidemiyasi Ukrainani ğaflatda qoldirdi. Vaziyat keskinlaşuvining dastlabki haftalarida mamlakatda aholiga niqoblar, şifokorlar uçun himoya kostyumlari va kasalxonalarda turli jihozlar yetişmayotgani ma'lum böldi. Aloqa masalasi – hukumat jamoasi özini suvdagi baliq kabi his qilganiga qaramay, muvaffaqiyatsiz tugadi.
Poltava oblastidagi Noviye Sanjari şahri aholisi, öz-özini izolyatsiya qiliş uçun Xitoydan kelgan soğlom odamlar ötirgan avtobuslarni toşböron qilganini butun dunyo dunyoga tarqab ketdi. Jamiyatdagi noaniq baholar hukumatning PR-menejyerlari tomonidan favqulodda qadam taşlanişiga sabab böldi: epidemiya arafasida, soğliqni saqlaş vaziri Zoryana Skaletskayani Xitoydan evakuatsiya qilingan odamlar bilan birga sanatoriyalarda öz-özini izolyatsiya qilişi uçun yotqizişdi.
Ikkinçi tomondan, rasmiylar tezda özlariga kelişdi va Ukrainada kasallik tarqaliş darajasi umuman xavfli köriniş olmagan vaziyatda qattiq karantin çeklovlarini joriy qilişdi.
Şuningdek, Vladimir Zelenskiyning özi ham deyarli har kuni öz videomurojaatlarida ukrainaliklarga koronavirusga qarşi olib borilayotgan çoralar haqida xabar berib turdi. Prezident öşa kunlarda bir muddat heç qayerga çiqmasdan prezident ma'muriyati binosida yaşadi va soqoli olinmagani bilinib turgan holatda nutq sözladi.
Tabiiyki, Ukrainada ham koronavirus epidemiyasiga qarşi kuraş jarayoni mojarolarsiz keçmadi. Soğliqni saqlaş vazirligi yuqumli kasallikka qarşi kuraşiş uçun zarur uskunalarni sotib olişni ortga surdi. Xavfli kasallik aniqlangan ilk oyda zarur tibbiy uskuna hamda jihozlarni xarid qiliş uçun aksariyat xarajatlar köngillilar va xayriya qiluvçilar hisobidan qilindi.
Şifokorlar uçun maxsus tibbiy kiyimlar xitoylik işlab çiqaruvçilardan ukrainalik taklif etgan narxga qaraganda ança yuqori narxda sotib olindi. Buning ustiga ularni Ukrainaga yetkazib beriş Xitoydagi qat'iy karantin tufayli barbod böldi.
Ana şunday holatda Zelenskiy va uning atrofidagi şaxslar davlatga mutlaqo aloqasi bölmagan quriliş supermarketlari tarmoği tomonidan tuhfa sifatida yetkazib kelingan tibbiy niqoblar ortilgan samolyotni katta şaraf bilan kutib olişdi.
Koronavirus epidemiyasi Vladimir Zelenskiy töqnaşgan eng jiddiy çorlov böldi / GETTY IMAGES
Şu bilan birgalikda, koronavirusga qarşi kuraşadigan şifokorlarga va'da qilingan iş haqiga 300 foiz ustama tölab beriş va'dasi hanuz bajarilmadi.
Qolaversa, karantin şaroitida parlamentdagi prezident fraksiyasi rahbarlaridan biriga tegişli bölgan Kiyev markazidagi restoran yaşirinça öz işini davom ettirayotgani va öşa restoranning nomi bölgan «Velor» sözi Ukrainadagi epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarning ikkitomonlama standart asosida olib borilayotganini anglatadigan sözga aylanişi ham salbiy holatlardan biri böldi.
Ammo fakt şuki, Ukrainadagi koronavirusga çaliniş holatlari soni SSV tomonidan taxminan hisoblangan eng yuqori körsatkiçlardan oşmadi. Ammo köngilsiz natija ham bor: soha mutaxassislarining ta'kidlaşiça, Ukrainada koronavirus yuqtirgan har beş bemorning bittasi tibbiyot xodimi. Yaxşi xabar esa may oyi örtalaridan boşlab mamlakatda karantin çeklovlari asta-sekin bekor qilinayotgani böldi.
Hozirça reytingi yaxşi
Hokimiyat tepasiga kelganidan bir yil ötib, Vladimir Zelenskiy bugun ham Ukrainada eng maşhur siyosatçi bölib qolmoqda. Agar kelasi yakşanba kuni prezident saylovi ötkaziladigan bölsa, u birinçi turning özida ötgan yilda bölib ötgan saylovdagi natijasidan yaxşiroq natija bilan ğalaba qozonişi mumkin.
Ammo rasmiylar uçun vaziyatni juda ham qoniqarli deb bölmaydi.
Birinçidan, ötgan yilning yozi va kuzida sotsiologlar şu paytgaça misli körilmagan hodisani qayd etişdi: mamlakatda aksariyat işlar töğri olib borilayotganiga qaramasdan köpgina ukrainaliklar mamlakatda işlar töğri ketayotganiga emas, balki notöğri ketayotganiga işonişyapti. Faqat joriy yil boşida vaziyat Ukrainada yuritilayotgan siyosatiga mos bölgan körinişga qaytdi.
Ikkinçidan, «Xalq xizmatçisi» partiyasi reytingi asta-sekin pasayib bormoqda va bu oktabr oyida bölib ötadigan mahalliy saylovlar arafasida Ukraina hukumatini xavotirga solmasligi mumkin emas.
Ammo, har qanday holatda prezident Zelenskiyga qoyil qoliş kerak: ötgan bir yil davomida şaxsan u biror-bir korrupsiya mojarosida ayblanmadi. U xorijga çiqişi, masalan, Ummonga qilgan maqsadsiz safari, şuningdek yanvarda jamoatçilikka u haqda heç qanday izoh berilmagan hodisa – prezident ofisining boşliği Andrey Yermakning akasi öz suhbatdoşlari bilan u yoki bu lavozimga tayinlaş narxlarini muhokama qilgan audioyozuvlari bilan boğliq holatlar Zelenskiyning obrösiga zarraça ta'sir qilgani yöq. Qisqa qilib aytganda, garçi siyosatdan mutlaqo yiroq bölgan soha – komik aktyorlikdan çiqib kelgan bölsa ham Zelenskiy hozirça Ukrainani yaxşi boşqaryapti. Qolaversa, u aktyorlikdan katta siyosatga ötib prezident bölgan yagona inson emas. Öz vaqtida kimsan AQŞni ham aktyorlikdan katta siyosatga ötib prezidentlikkaça yetib borgan insonlar boşqargan. Ulardan eng sönggisi AQŞni 1981-1989 yilllarda boşqargan Ronald Reygen hisoblanadi. Sobiq ittifoq respublikalarida esa Zelenskiy bu borada hozirça yagona.