Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlanadi.

Olimjon Umarov 2017 yil yozida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaroriga ko‘ra bosh vazir uchun yana ikki maslahatchi lavozimi joriy etilgandi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Olimjon Umarov Bosh vazir maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimida ish boshlashi kutilmoqda.