Ayni vaqtda köplab davlatlar hukumatlari oldida koronavirusga çaliniş holatlari köpaysa-da, iqtisodiyotni jonlantiriş uçun çeklovlarni bekor qiliş yoki Xitoy kabi virusning barça tarqaliş yöllarini bostiriş uçun çeklovlarni iloji boriça uzoqroq saqlaşdan birini tanlaş turibdi.
Oq uyning soğliqni saqlaş böyiça maslahatçisi Entoni Fauçi CNBC telekanaliga bergan intervyusida koronavirus tarqalişini kamaytiriş uçun kiritilgan çeklovlar juda uzoq davom etsa, “tuzatib bölmas ziyon yetkazişi” mumkinligini aytgan.
“Men odamlar uzoq vaqt panada qoliş - muammodan çiqişning yöli deb öylamasliklarini xohlayman”, deb aytgan olim. Uning ta'kidlaşiça, AQŞ koronavirus avj olişi boşlanganda qat'iy çoralar körişga majbur bölgan.
“Biroq joy va vaziyatdan kelib çiqib, normal hayotga qandaydir darajada qaytiş uçun iqtisodiyotni, mamlakatni oçiş haqida jiddiy öylaş vaqti keldi”, deb ta'kidlab ötgan Fauçi. Şu bilan birga u çeklovlarning jadal qisqartirilişi xavfidan ogohlantirgan.
“Fikrimça, umuman olganda, mamlakatning köplab hududlarida oqilona siyosat yurgazilmoqda. Odamlar şoşib qolayotgan vaziyatlar ham mavjud. Şuni aytmoqçimanki, iltimos, agar karantindan çiqmoqçi bölsangiz, ehtiyotkorlik bilan harakat qiling”, deb aytgan mutaxassis.
Avvalroq respublikaçilar Fauçini ba'zi korxonalar yopilişini qöllab-quvvatlagani uçun tanqid qilib kelişayotgandi. U bir haftagina oldin kongressni AQŞda biznesning erta oçilişi “azob-uqubatlar va ölimlarga olib kelişi” va AQŞ iqtisodiyotni tiklaşga xalaqit qilişi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Öşanda u koronavirus kuzda baribir yana qaytişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, agar çegaralar oçilsa, AQŞga hamma yoqdan odamlar kela boşlaydi va virusdan xalos bölişning imkoni bölmaydi.

















