Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobadagi toshqindan zarar ko‘rgan hududlardan 60 tonna chiqindi olib chiqildi - FVV
Sardobadagi suv toshqinida talafot ko‘rgan tumanlar hududida joylashgan 5 171ta uy loyqadan tozalangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sardobadagi suv toshqini talafotlarini bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, hozirgacha toshqindan talafot ko‘rgan tumanlar hududida joylashgan 5 171ta uy loyqadan tozalanib, 60 tonna chiqindi olib chiqilgan.
«Toshqin natijasida nobud bo‘lgan uy hayvonlari ko‘milib, ular ko‘milgan hududlar dezinfeksiya qilindi. Shuningdek, yong‘in profilkatikasi doirasida repsublikaning turli hududlaridan kelgan hasharchi quruvchilarning yotoq joylari sharoiti o‘rganib chiqildi», deya ma'lum qildi Murod Sodiqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda talafot ko‘rgan 1 773ta uyda ta'mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy obektlar va aholi yashash manzillari dezinfeksiya qilinmoqda.
«Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlaridagi 5005ta xonadon va 26ta ijtimoiy soha obektlariga joylashtirilgan 15 036 nafar aholi va 12 630 nafar harbiy xizmatchilar, hasharchilarga toza, dezinfeksiya qilingan suvlar yetkazib berilmoqda», deya qayd etdi vazirlik vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik tomonidan talafot ko‘rgan 4 35ta xonadon egalariga ularga to‘lanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun yangi plastik kartalar ochib berilgani, fuqarolarning yo‘qolgan hujjatlarini tiklab berish ishlari davom etayotgani haqida ham ma'lumot berilgan edi.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
17:16 / 23.01.2023