Ilyos Safarov: – Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlislaridan birida Özbekistonning YeOII bilan hamkorligi töğrisidagi masala muhokama qilindi. Unda vazir Jamşid Qöçqorov ittifoqda kuzatuvçi davlat maqomi Özbekiston uçun xalqaro taşkilot va boşqa uçinçi davlvtlar bilan özaro munosabatlarda muammo keltirib çiqarmaydi, dedi. Lekin taşkilotning yangi körilayotgan strategiyasi böyiça ittifoqqa a'zo davlatlar uçinçi davlatlar bilan aloqalarida YeOIIning vakili iştirok etişini taklif qilyapti. Savol: qanday qilib biz bilan hamkorlik qilayotgan boşqa bir davlat bunga könişi mumkin?

Deylik, AQŞ yoki Yaponiya biz bilan muzokaralar stolida ittifoq vakili ham ötirişi uçun ruxsat berişiga işonasizmi?

Ravşanbek Alimov: – Juda örinli va muhim savol. Çunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining keyingi bosqiçlardagi rivojlaniş harakatlari biz tomonimizdan ham sinçiklab örganişni taqozo etmoqda. Çunki haqiqatan ham, bu jarayonga Qozoğiston prezidenti öz e'tirozini bildirdi. Ammo bu hozirça loyiha darajasida va bu töğrisida hali qaror qabul qilinmagan. Agar haqiqatda bunday qaror qabul qilinib, kuçga kirsa, demak, biz ham özimizning milliy manfaatimizdan kelib çiqib, uşbu vaziyatda taşkilot bilan hamkorlik qiliş darajamizni belgilaşda buni inobatga olişimiz kerak. Bu biz uçun, albatta, muhim signal hisoblansa-da, lekin bunaqa qaror qabul qilinmagan, bu hali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ham muhokama qilinyapti. Köraylik-çi, hali oldindan biror nima deyişga erta. Lekin sizning savolingiz örinli. Muhim strategik yönalişlarda, mening fikrimça, sanoat motivizatsiya qiliş siyosatida, investitsiya strategiyasini belgilaşda, xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni belgilaşda, albatta, Özbekiston mustaqil bölişi kerak. Bu yerda heç qanday savol bölmasa kerak. Lekin bilişimizça, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hujjatlarini örgansak, bunaqa şartlar yöq. Demak, Özbekistonga tahdid soluvçi qandaydir şartlarini körmayapmiz. Albatta bu hozirgi darajadagi örganişda. Keyinçalik kuzatuvçi maqomida yaqinroq örganişda, albatta, siz aytayotgan yönalişlar ham juda muhim. Qaror va qonun-qoidalar çuqur örganilişi kerak va bularni inobatga olişimiz kerak.

Ravşanbek Alimov