«Bir qopda 15 kg.gacha hosil olish mumkin» - qopda kartoshka yetishtirayotgan andijonlik yosh tadbirkor
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Sultonobod shaharchasida yashovchi yosh tadbirkor Rahmonberdi Rahimberdiyevning uch sotix tomorqasi bor. Tomorqasining har qarichi esa hisobda. Unga turli ekinlar ekilib va qo‘lbola issiqxona ham qurilgan.
Rahmonberdi devor yonidagi ozgina bo‘sh joyda qop ichida kartoshka ham yetishtirmoqda.
Tadbirkorlikka qiziqishini aytgan 18 yoshli Rahmonberdi asosan ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi. Erta bahorga pomidor, bodring va karam ko‘chatlarini chiqarib, 1,5 million so‘m foyda ko‘ribdi.
«Issiqxonani ham o‘zim tol yog‘ochlaridan yasaganman. Ichiga pomidor va bodring ekib, ertaki hosil yetishtirdim. Natijada ko‘chatlar va tepasiga yopilgan plyonka xarajatlaridan tashqari, 1,5 mln so‘mdan ortiq foyda oldim.
Tomorqada bo‘sh joyning o‘zi yo‘q. Devor tagida ozgina yer bor edi. O‘sha joyni tekislab, qopda 100 qop ichida kartoshka yetishtirishga urindim. Bu uslub juda oz joyni egallar ekan. Kartoshka ekilgan qop ichiga tuproq, mahalliy o‘g‘it va yog‘och qipig‘i solingan. Cho‘michlab suv qo‘yib, parvarishlayapman.
Shu uslubda kartoshka yetishtirgan dehqonlarning aytishicha, bitta qopda 15 kilogrammgacha kartoshka hosilini yetishtirish mumkin. Agar men 100 qopning har biridan 8 kilogrammdan kartoshka olsam, xudo xohlasa, 800 kilogramm hosil bo‘ladi. Bozorda bir kg kartoshka narxi 5 ming so‘m, bu esa qo‘shimcha 4 million so‘m daromaddir», deydi 18 yoshli tadbirkor yigit.
Bizni yosh Rahmonberdining shijoati, yangilikka bo‘lgan intilishi quvontirdi. Kelgusida yetuk tadbirkor bo‘lib, el-yurtga ko‘p foydasi tegishini tilab qolamiz.
Elmurod Ermatov,
Ahrorbek Yoqubjonov
Tavsiya etamiz
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
Jahon | 22:31 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz
Jamiyat | 22:00 / 03.03.2025
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?
O‘zbekiston | 16:00 / 03.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
Fan-texnika | 16:22
-
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi
O‘zbekiston | 16:21
-
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03
-
Xitoyda 8 yil deganda dunyodagi eng yirik amfibiya samolyot sinovlari yakunlandi
Jahon | 15:59
Mavzuga oid

21:10 / 28.02.2025
Lukashenko kartoshka narxining oshishiga aloqador barchani «haydashni» talab qildi

09:38 / 23.02.2025
Kun so‘rovi: bir oyda qancha kartoshka sotib olasiz?

16:49 / 31.01.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston chegarasida ushlab turilgan kartoshkalar yuzasidan ma’lumot berdi

18:57 / 30.01.2025