Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 5 nafar, Toşkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 4 nafar bemor koronavirusdan butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Samarqandda şifo topganlarning barçasi uşbu viloyatdan (3 nafari Samarqand şahridan, Past Darğom va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bölib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoşi kattasi 62 yoşda, yoşi kiçiga 5 yoşda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 254 nafarga yetdi.
Toşkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toşkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 60 yoşda, yoşi kiçiga 34 yoşda. Endilikda Toşkent şahrida soğayganlar soni 980 nafarga yetdi.
Bundan avvalroq Toşkent va Navoiyda jami 23 nafar bemor koronavirusdan soğaygani xabar qilingandi.
Şunday qilib, bugun jami 32 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 2668 nafarni taşkil etmoqda. Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi şifoxonalarda 673 nafar kişi davolanmoqda, şundan 4 bemor oğir ahvolda qolmoqda.












