2025 yil 31 yanvar kuni «Davlat organlari va taşkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Unga köra, 2025 yil 1 martdan davlat organlari va taşkilotlarining rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina Özbekiston Respublikasi hukumati portali – www.gov.uz'da yölga kuyiş, yuritiş, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini ta’minlaş belgilanmoqda.
“UzINFOCOM” yagona integratori – davlat organlarining Yagona platformaga ötkaziladigan veb-saytlari faoliyatini texnik qöllab-quvvatlaş xamda ularga xizmat körsatiş böyiça taşkilotlar bilan şartnoma tuzadi. Xarajatlar mazkur davlat organlarining budjetdan taşqari mablağlari, budjet mablağlari xamda qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi. Qarorga köra, xizmat körsatişdan tuşadigan mablağlar Yagona platformani takomillaştiriş, texnik qöllab-quvvatlaş va axborot xavfsizligini ta’minlaş uçun yönaltiriladi.
Davlat taşkilotlari, vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytini Yagona platformaga ötkazilganidan söng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini, veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan xolda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yönaltiradi yoki ularning faoliyatini töxtatadi. Masalan, Adliya vazirligining rasmiy sayti: adliya.uz – https://gov.uz/adliya ga özgaradi.

Hukumat qaroriga köra, DXX huzuridagi «Kiberxavfsizlik markazi» DUK Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yagona platformani har olti oyda beğaraz asosda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan ötkazib boradi xamda kiberxavfsizlikni böyiça ta’minlaş doimiy monitoringni amalga oşiradi. UzINFOCOM bir oy muddatda Yagona platformani «Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazi» davlat muassasasining data markaziga joylaştiradi hamda uni axborot xavfsizligi talablari darajasida zaxira nusxa yaratadi.
Qarorga ilova qilingan nizomda hukumat portalida joylaştiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etiş tartibi ham keltirilgan. Unga köra, UzINFOCOM hukumat portalini yuritişga mas’ul hisoblanadi, şu bilan birga davlat organlarni axborot xizmatlari rasmiy veb-saytga joylaştiriş uçun tegişli ma’lumotlarni içki hujjatlarda belgilangan muddatlarda unga taqdim etişi şartligi belgilanmoqda.


















