Andijon viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 5 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijon viloyatida tuzalganlarning barçasi Andijon şahridan bölib, 2 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ularning yoşi kattasi 36 yoşda bölsa, yoşi kiçigi 2019 yilda tuğilgan çaqaloq. Viloyatda ayni paytga qadar 169 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 174 nafarga yetdi. 

Samarqand viloyatida şifo topganlarning barçasi uşbu viloyatdan (Past Darğom, Iştixon, Oqdaryo tumanlari va Samarqand şahridan 1 nafardan) bölib, 2 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoşi kattasi 46 yoşda, yoşi kiçiga 36 yoşda. Viloyatda ayni paytga qadar 254 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 258 nafarni taşkil etmoqda.

Bugun hozirça 74ta yangi zararlaniş holati qayd etildi va jami holatlar soni 3437taga yetgan.

Bundan avvalroq Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida jami 17 bemor tuzalgani haqida ma'lumot berilgandi.

Şunday qilib, bugun jami 26 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 2694 nafarga yetdi. Ayni vaqtda şifoxonalarda 729 bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari öta oğir ahvolda, 3 nafari esa oğir ahvolda.