Jangarilarning mamlakat shimolidagi kishloqlarga hujumi kamida 60 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi

Mahalliy aholining ta'kidlashicha, jangarilar Sokoto shtatidagi Sabon-Birnida joylashgan qishloqlarga hujum qilgan. Bir necha o‘n jangari mototsikllarda harakatlanib, yo‘lida uchragan odamlarni o‘qqa tutgan. 

Ta'kidlanishicha, yangi bir necha kishi o‘qotar jarohat olgan. 

Tibbiy xodimlardan birining ma'lum qilishicha, barcha jabrlanuvchilarda o‘qotar jarohatlar qayd qilingan, aksariyat qurbonlarning bosh qismiga o‘q uzilgan. 

Ta'kidlanishicha, mahalliy politsiyaning ushbu qotilliklar yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqishi kutilmoqda.

Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhi a'zolari harakat qiladi. Ular tinch aholi va huquq-tartibot idoralariga ko‘plab hujumlar, ayollarning o‘g‘irlanishi uchun javobgar hisoblanadi.