Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinişiça, 19 aprel kuni Böka tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Anvar Xontörayev tumandagi 12-umumta'lim maktabida 53 nafar ta'lim muassasasi rahbarlari va mahalla faollariga yiğiliş ötkazgan. Yiğilişda mutasaddi 12-maktab direktori öz vaqtida tomorqa böyiça aholini xatlov qilmagani uçun uning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşib, unga tazyiq ötkazgan.
«12-maktab direktori M.Xakimovaning öz vaqtida tomorqa böyiça aholini xatlov qilmaganligi uçun uning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşib, unga tazyiq ötkazib, barçani oldida izza qilib, şa'ni va qadr-qimmatini kamsitib, huquqlarini poymol etib undan tuman hokimi nomiga tuşuntiriş xati va joriy yilning 20 aprel kunidan işdan böşaş töğrisida arizasini olgan», deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, 6–7 may kunlari Xontörayev tumanda faoliyat yuritayotgan 15, 16, 18, 24, 50-umumta'lim maktablari direktorlariga tazyiq ötkazib, tuman markazidagi «Yoşlar maydoni»ga direktorlar va xöjalik işlari böyiça örinbosarlarini, ya'ni 25 kişini maydonda ösgan ötlarni öriş kabi majburiy mehnatga jalb qilgan.
Xalq ta'limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati aralaşuvi bilan Anvar Xontörayevning Özbekiston prezidenti qarorlariga zid harakatlari yuzasidan töplangan hujjatlarga qonuniy baho beriş uçun vazirlik tomonidan joriy yilning 15 may kuni Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasiga yuborilgan.
Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatlarni qonuniy örganib çiqib, hokim örinbosarini xalq ta'limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralaşgani, pedagog kadrlarning şa'ni va qadr-qimmatini kamsitib, ularni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qilgani uçun 22,3 million söm jarimaga tortgan.

















