Qoraqalpoğiston Respublikasi yuqumli kasalliklar şifoxonasidan 5 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Soğayganlarning barçasi erkak bölib, yoşi kattasi 43,  yoşi kiçigi esa  35 yoşda. Hududlar kesimida olinsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Buxoro viloyatidan 2 nafardan, Samarqand viloyatidan 1 nafar.

Qoraqalpoğistonda şu paytga qadar 133ta holatda kasallik qayd etilgan bölsa, ularning 122 nafari soğaygan edi. Endilikda koronavirus infeksiyasidan foriğ bölganlar soni 127 nafarga yetdi. Hozirda şifokorlar uşbu hududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uçun kuraşmoqda.

Bundan avvalroq Toşkent şahridagi şifoxonalarda 22, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 7 nafar bemor soğaygani haqida xabar berilgandi.

Şu tariqa, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 2728 nafarni taşkil etmoqda.