46 yoşli afroamerikalik Jorj Floyd 26 may kuni politsiya tomonidan qölga olinayotganda vafot etdi. Oq tanli politsiyaçi Derek Şovin 7 daqiqa davomida Floydning yuzini alfaltga bosgan holda uşlab turgan va oqibatda nafasi böğilgan Floyd voqea joyida jon bergan. Uç nafar politsiyaçi barçasini tomoşa qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqçilikka qarşi keskin namoyişlar ötkazilişiga sabab böldi. Ahvol juda jiddiy, çunki endi namoyişlar töxtatib bölmaydigan darajada katta masştabda davom etmoqda.

U soxta pul bilan sigaret xarid qilişda gumonlangan

Odamlarning noroziligiga sabab bölgan narsa şuki, Floyd terrorizm yoki boşqa jiddiy jinoyatlar sodir etgani uçun bunday noinsoniy tarzda azoblanmagan. U şunçaki dökonda soxta pulga sigaret sotib olganlikda gumonlangan. Gumondorni esa «demokratiya otasi» ekaniga da'vo qilmaydigan boşqa mamlakatlarda ham bunday qiynaşmaydi. Şu bois, amerikaliklar avvalo irqçilikka, keyin esa hukumat politsiyaga bu qadar katta vakolat berganiga qarşi aksiyalar ötkazişmoqda. Ular butun boşli politsiya uçastkasini yoqib yuborişdan ham tap tortişmadi.

Fuqarolar uruşiga yaqin bu mojaroni boşlab qöygan politsiyaçi Derek Şovin vafot etgan Floydni qora tanli bölgani uçun şunday qiynab öldirmaganini endi isbotlay olmaydi. «Mening ismim Xon» filmida aytilganidek, dunyodagi har bir odamni töxtatib unga «Men musulmonman, lekin terrorçi emasman» deb çiqiş imkonsiz. Öşa filmda Xon muammoni AQŞ prezidentiga aytib hal qiladi, ammo bu gal prezident çiqib gapirsa ham foydasi yöq. Çunki mamlakatda norozilik alangasi yonib böldi.

Birgina ölim şunday noroziliklarni keltirib çiqardi deyiş qiyin. Derek Şovin uzoq yillardan buyon tutab yotgan gulxanga çöğ taşladi va u alangaladi.

Alamzadalik qovuşmasi

Politsiya namoyişçilarga közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllaşga majbur bölmoqda / GETTY IMAGES

AQŞda oldin ham qora tanli odamlar politsiya tomonidan öldirilgan va bu yangilik emas. Hatto yoş bolalar ölib qolgan holatlar ham bölgan, ammo heç qaçon namoyişlar bu qadar jiddiy köriniş olmagan. Hozirgi holatni esa alamzadalik qovuşmasi deb ataş mumkin. Amerikaliklar şundoğam karantin çözilib ketgani sabab namoyişlarga çiqayotgandi.