Foto: Getty Images

Science jurnalida chop etilgan maqola mualliflari eslashicha, an'anaviy ravishda havo tomchilari orqali yuqadigan yuqumli kasalliklarni nazorat qilish choralari kasallikning aksiradigan va yo‘taladigan aniq tashuvchilari jamoasini ajratishni o‘z ichiga oladi.

Ammo, Covid-19 holatida hamma narsa o‘zgacha bo‘ldi, chunki virusni yuqtirgan odamlarda uzoq vaqt davomida (yoki umuman) kasallik alomatlari yuzaga chiqmadi va shu bilan birga ular virusni faol tashishda davom etdi. Gapirayotganda va shunchaki nafas olayotganda ular atmosferaga uzoq vaqt havoda, ayniqsa, yopiq bino ichida aerozol holatida osilib turadigan virusga to‘yingan havo tomchisini chiqarishdi. Nafas olish paytida bu aralashma o‘pkaga chuqur kirib borishi va u yerda infeksiya manbayiga aylanishi mumkin bo‘ldi.

Tadqiqot mualliflari ta'kidlashicha, odam nafas olganda 0,1dan 1000 mikrometrgacha bo‘lgan namlik zarralarini havoga chiqaradi (ilgari ular mikronlar deb atalgan). Masalan, (biz vizualizatsiya haqida gapirmayapmiz) bir millimetrda 1000 mkm mavjud. Ushbu zarralar kattaligi, tortish kuchi, inersiyasi, bug‘lanish tezligi va boshqa bir qator omillarga qarab turli masofalarda havo orqali tarqaladi.

Katta zarralar sirtga tezroq joylashib,  uni zararlaydi. Kichikroqlari (5 mikrondan kam) tezroq bug‘lanadi, ammo ular havo orqali oson va juda katta masofada harakatlanadi. Ikkala usul ham – havo yoki zararlangan sirt bilan aloqa qilish, infeksiyalanishni keltirib chiqarishi mumkin. 

Xitoyda kasallikning asosiy manbasi tashqi belgilari bo‘lmagan, gumondan xoli tashuvchi edi 

Olimlar submikron o‘lchamidagi zarralar alveolalarga chuqur kirib, immunitet tizimini chetlab o‘tib, virus uch baravar ko‘payishiga imkon beradigan xavf-xatar tug‘dirishini aniqlashdi. Bu holatda odam hali infeksiyalanganidan shubha qilmaydi, aslida o‘zi virusning faol tashuvchisiga aylanadi.