Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari kuni keça «Çaşma» çegaraoldi hududida röy bergan hodisa bilan boğliq masalalarni batafsil körib çiqib, bunday vaziyat boşqa takrorlanmasligi uçun mukammal çoralar qabul qiliş muhim ekanini ta'kidlagan. Hukumat delegatsiyalari ötkazgan muzokaralarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Ikki tomonlama munosabatlarga oid mavjud masalalarni tartibga soliş hamda amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalarida yangi ösiş nuqtalarini aniqlaşga qaratilgan sa'y-harakatlarni faollaştiriş yuzasidan kelişib olingan.
Şu munosabat bilan Özbekiston va Qirğiziston Hukumatlararo qöşma komissiyasi hamda Çegaradoş viloyatlar ma'muriyatlari rahbarlari kengaşining navbatdagi majlislarini ötkaziş taklifi qöllab-quvvatlangan.
Suhbat çoğida koronavirus pandemiyasi tarqalişining oqibatlariga qarşi kuraş böyiça yaqindan hamkorlikni va idoralararo almaşinuvlarni davom ettiriş zarurligi qayd etilgan.
Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.
«Davlat rahbarlari Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp asrlik döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini qardoş xalqlarimiz farovonligi yölida yanada mustahkamlaşda qat'iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
















