Foto: So‘x tumani hokimligi

So‘x tumani matbuot xizmati xabar berishicha, janjal natijasida Ӯzbekiston Respublikasi hududidagi uchta xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: So‘x tumani hokimligi
Foto: So‘x tumani hokimligi

«Zarar kӯrgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz. Chashma bulog‘i bu mӯ'jiza, insonlarga yaratgan egam tomonidan berilgan ne'mat. Shuning uchun, bu muqaddas chashmadan ham bizning fuqarolar, ham qӯshni respublika fuqarolari birdek foydalanishadi», degan Abdulla Aripov.

Kelishuvga binoan, chashma bulog‘ining atrofi panjara bilan ihotalanib, uning hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladigan bӯldi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Uchrashuvda So‘x tumani aholisi bosh vazirga ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib, ularning yechilishida amaliy yordam kӯrsatishni talab qilishdi. Ӯzbekiston bosh vaziri tashabbusi bilan yaqin kunlarda tumanda obodonchilik ishlari boshlanishi ma'lum qilindi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Obodonlashtirish ishlariga 1000 nafar yoshlar jalb etilishi ta'kidlandi. Qӯshni respublika bilan kelishilgan holda yaylovlardan foydalanish, suv muammosini hal etish, tumanda joylashgan Qayroq, Javpaya, Toyon massivlarini ӯzlashtirish va shu yӯl bilan aholi ӯrtasida ishsizlik muammosini hal etilishiga erishish ham qayd etildi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Mahalliy aholini qiynayotgan eng asosiy masala – yӯl muammosi ham ӯrtaga tashlandi. So‘x–Rishton yӯli ham ikki davlat hukumatining ӯzaro kelishuviga binoan ochilishi ham ta'kidlanib ӯtildi. So‘x tumaniga koridor ochib berish masalasi ham uchrashuv davomida kӯrib chiqildi.