Ma'lum qilinişiça, 1 iyun kuni sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga olib kelingan.
«Yuzaga kelgan janjal natijasida tuman markaziy şifoxonasida 187 nafar yaralangan bemor davolanmoqda. Bugun sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga yuborildi», deyiladi tuman hokimligi axborotida.

Bugun boş vazir Abdulla Aripov Söxga taşrifini kasalxonaga boriş bilan boşlagan, bemorlar va jarohatlanganlar holidan xabar olgan. Oğir ahvoldagi yaralaganlarni viloyat markaziy şifoxonalariga yetkaziş uçun sanaviatsiya xizmati safarbar etilgan.
Eslatib ötamiz, 31 may kuni Qirğizistonning Botken viloyatiga tutaş, Farğona viloyati tarkibidagi Söx tumanida joylaşgan Çaşma qişloğida buloq masalasida Özbekiston va Qirğizistonning çegaradoş hududlari aholisi örtasida mahalliy darajadagi mojaro yuz bergan edi.
- Ma'lum bölişiça, mojaroga «Çaşma» buloğining ariqlarini birgalikda tozalaş paytida yuzaga kelgan bahslaşuv sabab bölgan.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi çegaradagi mojaro oqibatida ikki tomondan ham jabrlanganlar borligini ma'lum qilgan, Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi esa mojarodan söng 25 kişi Ayderken şahridagi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi.

















