Joriy yilning 28 may - 1 iyun kunlari oraliğida Qizil kitobga kiritilgan yörğa tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qöyib yuborildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, qömita hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qiliş Xalqaro uyuşmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan noyob quş – yörğa tuvaloqlar Qönğirot tumanda tabiatga qöyib yuborildi.

Tabiat qöyniga 2040 boş quş uçirma qilingan bölib, ular Birlaşgan Arab Amirliklariga qaraşli bölgan International fund for houbara conservation markazida köpaytirilgan.

Yörğa tuvaloqlar 2009 yilda Özbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum çöllarida yaşaydi. Ularning soni va yaşaş maydoni 1960-yillardan boşlab qisqarişni boşlagan.