Ekologiya qömitasi xabariga köra, yörğa tuvaloq Ӯzbekiston Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan va noyob quş hisoblanadi.

Yörğa tuvaloq respublikada asosan Qizilqum çöli, Ӯzbekistondan taşqarida Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, Ğarbiy Osiyo, Möğulistonda uyalaydi. 

Çöllarga bahorga yaqin uçib keladi. Har biri ikki, uç donadan tuxum qöyadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida uça boşlaydi. 

Mamlakatda bu noyob quşlarni maxsus pitomniklarda köpaytirib, tabiatga qöyib yuboriş işlari yölga qöyilgan.