Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya vazirligi va Falcon hunting solutions kompaniyasi tomonidan 1002 boş yörğa tuvaloq quşi Qönğirot tumanidagi «Borsa-kelmas» va «Jasliq» hududlariga qöyib yuborildi. 

Tuvaloq yöqolib ketiş xavfi ostida turgan noyob quş hisoblanadi va Özbekiston Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. 

Ma’lumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasida 2017 yildan bugunga qadar jami 15 ming 753 boş yörğa tuvaloq tabiatga uçirilgan. 

Yörğa tuvaloq respublikada asosan Qizilqum çöli, Özbekistondan taşqarida Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, Ğarbiy Osiyo, Möğulistonda uyalaydi. 

Çöllarga bahorga yaqin uçib keladi. Har biri ikki, uç donadan tuxum qöyadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida uça boşlaydi. 

Özbekistonda bu noyob quşlarni maxsus pitomniklarda köpaytirib, tabiatga qöyib yuboriş işlari yölga qöyilgan.