Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Parlament saytiga köra, köp bolali oilalarning huquqiy maqomini aniq belgilaş, qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotida uşbu tuşunçaning bir xilda qöllanilişini ta'minlaş maqsadida loyiha bilan Oila kodeksiga ham “köp bolali oila” tuşunçasi va uning huquqiy maqomini belgilovçi qöşimça kiritilmoqda.
Unga köra, ota-ona yoki ulardan biri bilan birga yaşayotgan tört va undan ortiq ön sakkiz yoşga tölmagan, şuningdek, kunduzgi ta'lim şaklida ta'lim olayotgan yigirma ikki yoşga tölmagan bolalari bölgan oilalar köp bolali oilalar hisoblanişi belgilanmoqda.
Şu bilan birga, Soliq, Mehnat kodekslari hamda “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi Qonunning tegişli moddalari Oila kodeksiga kiritilişi taklif etilayotgan qöşimçaga muvofiqlaştirilmoqda.
Deputatlarning fikriça, mazkur hujjatning qabul qilinişi qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotidagi turli xil yondaşuvlar bartaraf etilişiga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.
















