Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar Kengaşi taşabbusi bilan 1 iyun kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida «Yoşlar kuni» munosabati bilan taşkil etilayotgan tadbirlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. 

Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar Kengaşi raisi Abdulaziz Nazirov karantin qoidalariga töliq amal qilgan holda, aksariyat tadbirlar aynan ijtimoiy tarmoqlar, radio hamda telekanallar orqali yoşlar uçun ötkaziladigan ma'rifiy-köngiloçar tadbirlar qamrovi keng, ahamiyati yuqori, ta'siri ham beqiyos bölişini qayd etdi. 

«Yoşlar kuni» uçun poytaxtning har bir tumanida dastur işlab çiqilgan, şuningdek, şahar miqyosida ham qiziqarli onlayn şoular, onlayn konsertlar, sportçilar bilan suhbatlar möljallaganini ma'lum qildi. «Yoşlar oyligi» doirasida 1-30 iyun kunlari poytaxtimizda 300dan ziyod tadbirlar bölib ötib, jami 100 mingdan ortiq yoşlarni internet orqali qamrab oladi», –   deb ta'kidlab ötdi u. 

Ma'lum qilinişiça, uşbu oylik doirasida quyidagi tadbirlar taşkil etilişi belgilangan:

Har kun davomida 30 yoşga tölmagan muvaffaqiyatli insonlar bilan onlayn suhbatlar;

1-10 iyun kunlari yoşlar bandligini ta'minlaşga qaratilgan;

11-20 iyun kunlari tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan;

21-30 iyun kunlari 5 taşabbusga qaratilgan:

30 iyun kuni onlayn gala-konsert.

Ta'kidlanişiça, uşbu tadbirlar orasida Toşkent şahridagi Yoşlar markazida «Bandlik markazi»ni taşkil qiliş, işsiz yoşlar bandligini ta'minlaş maqsadida «Böş iş örinlari» töğrisida ijtimoiy tarmoqlar hamda rasmiy kanallar orqali «Mehnat yarmarkalari»ni ötkaziş maqsad qilib olingan. Şuningdek, «Ustoz-şogird an'analari», Sartaroşlik, hunarmandçilik kabi kasb egalaridan onlayn darslar taşkil qiliş va frilanserlik xonasini oçiliş marosimi ötkaziladi.

Bundan taşqari, tadbirkorlik obektlariga onlayn sayohat, «Bolalar ovozi» loyihasi, «Toşkent kitobxon şahar» va «MegaMozg» loyihasi amalga oşiriladi.