Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Toşkent şahri hududida joylaşgan harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarning mehnat bilan band bölmagan oila a'zolarini işga joylaştirilişiga kömaklaşiş maqsadida böş iş örinlari “Mehnat yarmarka”lari taşkil etildi. 

Yarmarkalar Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Respublika Xotin-qizlar qömitasi, Toşkent harbiy prokuraturasi, Yaşnobod, Mirobod, Mirzo Uluğbek va Yunusobod tumani xokimliklari, Toşkent şahar Bandlik boş boşqarmasiga qaraşli aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari hamkorligida ötkazildi. 

Mehnat yarmarkalarida qayd qilingan tuman hududlarida joylaşgan 40 ga yaqin davlat hamda nodavlat taşkilotlari özlarining 2000 dan ortiq böş iş örinlari bilan  iştirok etişdi. Yarmarkaga jami 200 dan ortiq harbiy xizmatçilarning oila a'zolari jalb etilgan.

Tadbir davomida Toşkent harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy xizmatçilarning oila a'zolarini özlariga maqbul bölgan mutaxassisliklar böyiça kasblarni tanlaş va işga joylaştiriş borasida amaliy yordam körsatilib, mehnat qonunçiligi, şu jumladan mehnat şartnomalarini rasmiylaştiriş tartibi yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Ötkazilgan mehnat yarmarkalari yakunlariga köra 50 nafardan ortiq harbiy xizmatçilarning mehnat bilan band bölmagan oila a'zolariga yöllanmalar berilişi ta'minlangan.