Orban uşbu qoidabuzarlik uçun 3 ming ley (617 dollar) miqdorida jarima tölagan, deb xabar berdi Euractiv naşri.
Bu bilan boğliq mojaro 30 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Orban öz işçi xonasidagi stol atrofida bir neça vazirlar bilan ötirgani va sigaret çekayotgani aks etgan surat paydo bölgandan keyin avj olgan. Bundan taşqari, xonadagi boşqa odamlar ham niqobsiz bölgan. Suratda niqoblar stol ustiga qöyilganini köriş mumkin.
Orban qoidani buzganini tan olgan va u 25 mayda 57 yoşlik tavallud kuni iş vaqtidan keyin hukumatning ba'zi a'zolari bilan birga xonasida yiğilişganini ma'lum qilgan. Orban qonun buzilsa, buning uçun jazo muqarrar bölişi kerakligini aytgan.
Ruminiyada 15 may kuni tugagan 60 kunlik karantindan keyin Orban hukumati 30 kunlik yuqori xavf rejimi amal qilişini belgilagan edi. Bu rejim vaqtida jamoat transporti va boşqa jamoat joylarida niqoblarni taqiş şart qilib qöyilgan. Boz ustiga, mamlakatda 2016 yildan beri jamoat joylarida sigaret çekiş taqiqlangan.


















