Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida soliqlarni unifikatsiya qiliş nima ekani va u nega zarurligi haqida mulohazalarni bildirdi.

«Özbekiston jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyaga kirişişi lozim. Bu Jahon savdo taşkiloti yo YeOII böladimi, ularning bitta talabi bor: aksizosti tovarlarga aksiz soliği joriy etildimi, içki bozordagi stavka import tovarlarga nisbatan past bölmasligi kerak. Ya'ni stavkalar deyarli bir xil bölişi lozim. Masalan, mahalliy tamaki işlab çiqaruvçilar sigaretning ming donasi uçun taxminan 14 dollar aksiz soliği tölaydi. Şu miqdorda import qilingan sigaret uçun 45 dollar aksiz soliği tölanadi», – deydi u.

Mubin Mirzayevning bildirişiça, aksizosti tovari bölmagan 188 turdagi mahsulotni Özbekistonga import qilişda aksiz soliği joriy qilingan.

«Xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning talabi şuki, import tovarga qöyilgan aksiz soliği içki bozorda tayyorlanadigan mahsulotga qöyilişi lozim. Yoki ularning har ikkisi aksiz soliğidan ozod qilinişi kerak. Mana şu unifikatsiya», – deya qöşimça qildi Mirzayev.

Aksiz soliqlarni unifikatsiya qiliş orqali şu paytga qadar qimmat bölgan ayrim import tovarlar narxi tuşişi mumkin. Şuningdek, içki bozorda tayyorlanadigan tovarlarning narxi ham kötarilişi mumkin.

«Bu bir kun, bir oyda yuz bermaydi. Masalan, YeOIIga a'zo bölsak, keyingi uç yilda içki va taşqi aksiz stavkalarni birlaştiriş, keyingi 5-6 yilda esa taşkilot stavkasi miqdoriga yaqinlaştiriş kerak böladi. Şunda 8-10 yil soliq stavkalarini birlaştiriş imkoniyati paydo böladi», – deydi u.

Mubin Mirzayev suhbat davomida soliq tuşumlari dinamikasi, pandemiyada soliq yukining YaIMga ta'siri hamda tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar böyiça fikrlarini aytdi. Şuningdek, u mahalliy hokimiyatning soliq tölovçiga sun'iy muammo paydo qilişi, quyi soliq organlarining notöğri işlaşini tanqid qilib, vaziyatga baho bergan.

Intervyuni Youtube töliq formatda tomoşa qilişingiz mumkin.

Alişer Rözioxunov suhbatlaşdi