Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma'lum qildi
Ikkinchi to‘lqin sentyabrda boshlanishi va mavsumiy gripp tarqalishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropadagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganini e'tirof etdi va koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma'lum qildi.
JSSTning Yevropadagi mintaqaviy ofisi direktori Xans Klyugening qayd etishicha, Yevropadagi ko‘plab davlatlarda vaziyat yaxshilangan, ammo u hukumatlarni bo‘shashmaslikka chaqirdi.
«Vaziyat yaxshilanmoqda, ammo bayram qiladigan payt emas, balki tayyorgarlik ko‘radigan vaqt va biz kuzga tayyorlanishimiz kerak», — deb ta'kidladi Klyuge.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqin sentyabrda boshlanishi va mavsumiy gripp tarqalishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Klyuge ikkinchi to‘lqin vaqtida to‘xtatilmasa, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hali vaksina yaratilmagan, shuning uchun vaziyat «yil boshidagidan ko‘ra yaxshi emas».
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022